23:05 / 25.05.2022
1 324

Qaysi biri afzal: ferma sutimi yoki qadoqlangani?

Qaysi biri afzal: ferma sutimi yoki qadoqlangani?
Foto: Marie Claire
Odamlarga ko‘pincha fabrikada ishlab chiqarilganlari, ta’rifiga ko‘ra, fermadagi sutlarga qaraganda yomonroq tuyuladi. Fermalardan keltirilgan sut yuqori sifatli mahsulot sifatida qabul qilinadi. Lekin ularning qay birini tanlash kerak? Marie Claire nashri ferma hamda qadoqlangan sutning afzallik tomonlarini ma’lum qildi.

Qadoqlangan sut
Sut ishlab chiqaruvchi korxonalar sutni shaxsiy fermer xo‘jaliklaridan sotib oladi. Keyin ular sutni qadoqlangan shaklida sotadi yoki sotish va saqlash uchun tayyorlaydi: u pasterizatsiya, sterilizatsiya qilinadi va shundan keyingina qadoqlanadi. Bu yerda muammo bir vaqtning o‘zida ikki bosqichda yashiringan — birinchi navbatda, bu sut sifati. Xarid qilingan mahsulot barcha davlat standartlaridan o‘tgan bo‘lsa ham, u ekologik toza va xavfsiz bo‘lishi shart emas. Shunday qilib, sigir nima bilan oziqlangani, unga qanday dorilar berilganini va qanday sharoitda saqlanganini bilib bo‘lmaydi.

Ikkinchidan, sutni sotish uchun tayyorlash bosqichida bir qancha narsalar sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, barcha korxonalar ishlab chiqarish standartlari va sanitariya me’yorlariga mos kelmaydi, buning ustiga aynan o‘sha joylarda sut, bir tomondan patogen bakteriyalardan tozalanishi, boshqa tomondan foydali xususiyatlarni saqlab qolishi kerak.

Shu bilan birga, yirik ishlab chiqaruvchilarning muhim afzalligi brendning kuchi hisoblanadi. Qoida tariqasida, yirik brendlar o‘z obro‘sini bor kuchi bilan himoya qiladi. Shuning uchun nom bilan mahsulot tanlashda odatda kimdan xarid qilayotganni bilish mumkin.

Ferma suti
Fermalardan sotib olinadigan sut, smetana, tvorog yoki pishloq bo‘ladimi, barcha sut mahsulotlari laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak. Bu nosog‘lom mahsulotlarni iste’mol qilishning halokatli oqibatlaridan himoya qiladigan muhim narsa.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida ham chorvachi sigirini sog‘lom mahsulotlar bilan oziqlantirgani, unga gormonlar bermagani va sigirni qanday joylarda o‘tlaganini aniqlash qiyin. Bundan tashqari, ushbu holda ham sutni pasterizatsiya qilish bosqichlari va qayta ishlash, sanitariya sharoitlarini kuzatish deyarli imkonsiz.

Sutni qanday tanlash kerak?
Buning bir necha varianti bor. Masalan, fermer tanlanadi, uning ishlab chiqarish joyiga mutaxassis bilan boriladi, hayvonlarning saqlash sharoitlari tekshiriladi, ishlab chiqarishning barcha bosqichlari kuzatib boriladi, so‘ngra mahsulot mustaqil laboratoriyaga tahlil qilish uchun topshiriladi hamda mutaxassisdan xulosa olinadi.

Yana bir variant, do‘konda sotilayotgan brendlarning ishlab chiqarish texnologiyasini sinchkovlik bilan o‘rganish, ushbu masala bo‘yicha mutaxassislarning fikri bilan tanishish, fermerlar va korxonalar o‘rtasida murosaga erishganlar foydasiga tanlov qilish. Bu juda yangi yondashuv bo‘lib, butun dunyodagi ko‘plab ilg‘or kompaniyalar bunga intilmoqda.

Ekspert sharhi: «Har bir ishlab chiqaruvchi, kim bo‘lishidan qat’i nazar: oddiy fermermi yoki yirik kompaniyami, har bir bosqichda – ishlab chiqarishdan tortib to sotishgacha bo‘lgan bosqichda mahsulot sifatini aniq nazorat qilish naqadar muhimligini tushunishi kerak. Zavodimiz haqida gapiradigan bo‘lsak, sut sifatini hatto fermer xo‘jaliklarida ham nazorat qilamiz. Zavod vakillari doimiy ravishda sog‘imlarga borib, xo‘jalik mutaxassislariga maslahatlar, ba’zan esa materiallar bilan yordam berishadi. Korxonaga kelayotgan sut qabulxona, mikrobiologik va fizik-kimyoviy laboratoriyalardan tashkil topgan ishlab chiqarish laboratoriyasining doimiy qattiq nazoratida bo‘ladi. Ularda nafaqat sut, balki barcha kiruvchi xom ashyo va tayyor mahsulotlar sifatini aniqlash imkonini beruvchi eng zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan.

Qabul qilish laboratoriyasida sutning har bir partiyasi tarkibidagi somatik hujayralar, antibiotiklar va ingibitorlar uchun tahlil qilinadi, shuningdek, tozalik guruhi, harorat, zichlik, kislotalilik, yog‘ning massa ulushi, oqsilning massa ulushi aniqlanadi. Mikrobiologik laboratoriya sutni bakterial ifloslanish uchun tekshiradi. Bundan tashqari, sut va tayyor mahsulotlar muntazam ravishda mustaqil laboratoriyalarga topshiriladi va bu sifat nazoratini kompleks qiladi
», — deydi sut ishlab chiqarish kompaniyasi boshlig‘i Marina Savina.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qaysi biri afzal: ferma sutimi yoki qadoqlangani?