
Ekologik ishchi guruhi (EWG) eng zararli meva–savbzavotlarni ma’lum qilishdi. EWG mutaxassislari bu borada tadqiqot olib borishgan va unga ko‘ra, 13 turdagi meva va sabzavotlarda eng ko‘p pestitsidlar va boshqa kimyoviy moddalar aniqlangan.
Qulupnay bu borada ekspertlar tomonidan eng zararli deya topilgan. Meva tarkibida 20 turdagi har xil kimyoviy qo‘shimchalar aniqlangan.
Shuningdek bu ro‘yxatga, ismaloq, o‘rik, olma, shaftoli, nok, gilos, uzum, selderey, pomidor, shirin bulg‘or qalampiri vsa kartoshka kiritilgan.
EWG mutaxassislari eng ifloslangan mahsulotlarni ham keltirib o‘tishgan. Unga ko‘ra, makkajo‘xori, avokado, ananas, karam, piyoz, no‘xat, papayya, sparja, mango, baqlajon, qovun, kivi, gulkaram va greypfrut eng ifloslangan mas'hulotlar.
Ta’kidlanishicha, birinchi ro‘yxatdagi mahsulotlarda zararli moddalarning tarkibi sanitariya me’yorlaridan oshmagan, shuning uchun qulupnay va olmadan butunlay voz kechish kerak emas. Biroq, mutaxassislar ikkinchi guruhdagi meva– sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar