Yuqori qon bosimi yashirin qotilga o‘xshaydi: u jimgina ko‘tarilishi mumkin, hech qanday tarzda o‘zini namoyon qilmaydi va bir kun infarkt yoki insult bilan yakunlanadi.
Dorisiz qon bosimini qanday tushirish mumkin?
Bugungi kunda Yer sharining har uchinchi aholisi yuqori qon bosimidan aziyat chekmoqda. Ko‘pincha bu yosh o‘tishi bilan bog‘liq kasallik: yosh qanchalik katta bo‘lsa, tomirlar devorlari shunchalik qattiqlashib boradi va bosim ko‘tariladi. Ammo turmush tarzi ham vaziyatni yomonlashtirishi mumkin: spirtli ichimliklar, chekish, harakatsizlik, noto‘g‘ri ovqatlanish — bularning barchasi kasallanish xavfini oshiradi. Yomon odatlardan voz kechish, stressni boshqarish ko‘nikmalari, muntazam dam olish va jismoniy mashqlar bosim darajasini nazorat qilishga yordam beradi.
Ammo hamma qila oladigan eng muhim ish — sog‘lom ovqatlanishga o‘tish. Yangi sabzavot va mevalar, yong‘oqlar, donlar, sut mahsulotlari va oqsilga boy ovqatlar qon bosimini me’yorda ushlab turadi.
Har bir taomga meva yoki sabzavotlar qo‘shing
Meva va sabzavotlarning uch-besh porsiyasi, shuningdek, tuz miqdorini kamaytirish sistolik bosimni 5-13 ballga tushirishi mumkin. Buni qanday qilish kerak: ertalabki yogurt yoki bo‘tqaga yangi yoki muzlatilgan rezavorlar qo‘shing, gazak sifatida banan yoki sabzi yeng.
Tuz miqdorini kamaytiring
Yurakni himoya qilish va qon bosimini nazorat qilishning eng oson yo‘li tuzni kamroq iste’mol qilishdir. Agar tavsiya etilgan normaga amal qilsangiz — kuniga 6 gramm – sog‘lig‘ingizni sezilarli darajada yaxshilashingiz mumkin.
Yong‘oq iste’mol qiling
Yong‘oqlar tanamizning deyarli barcha tizimlariga foydali ta’sir ko‘rsatadigan haqiqiy superfuddir. Va qon bosimi bundan mustasno emas. Kuniga bir hovuch yong‘oq qon bosimini pasaytirishga yordam beradi: ular kaliy, kalsiy va magniy kabi yurak uchun foydali minerallar, shuningdek antioksidantlar va o‘simliklardan olingan aminokislotalarga boy. Bundan tashqari, yong‘oqlar juda to‘yimli, vaznni nazorat qilishga yordam beradi.
Qahva iching
O‘rtacha qahva iste’moli (kuniga 300-400 ml) nafaqat bosimning oshishiga olib keladi, balki aksincha, uni nazorat ostida ushlab turishga yordam beradi. Gap uning tarkibidagi antioksidantlar, qon bosimini pasaytiradigan kaliy va polifenolik birikmalarga bog‘liq. Ichimlikka shakar va sirop qo‘shmaslikka harakat qiling, aksincha sut yoki qaymoq qahvani yanada foydali qiladi, chunki u yurakni himoya qiluvchi ozuqa moddalarining so‘rilishini yaxshilaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi