Jigar sirrozi — 35-60 yoshli insonlar o‘limiga sabab bo‘luvchi eng xavfli olti kasallikdan biri. Tahlillarga ko‘ra, har yili dunyoda 1 milliondan ziyod kishi ushbu xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi.
Hozir jigar sirroziga xos asosiy alomatlar ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Ammo yashirin yoki yaqqol namoyon bo‘lmaydigan shunday simptomlar borki, ular orqali ham kasallik boshlanganini taxmin qilish mumkin.
Rus gepatologi Yelena Butenko shu haqda to‘xtalar ekan, tirnoqlarda oq dog‘lar va chiziqlar paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish lozimligini ta’kidlaydi.
Qolaversa, kaft va oyoq ostidagi yorqin qizarishlar ham jigar sirrozi alomati bo‘lishi ehtimoli mavjud. Bu jigar hujayralari yetishmovchiligi asoratidir.
Mutaxassis bu o‘rinda «baraban cho‘plari» degan o‘xshatishni ham keltirib o‘tadi. Uning qayd etishicha, og‘ir jigar xastaligida barmoqlar shu shaklga kirib, pastdan yuqoriga qarab yo‘g‘onlashishi kuzatiladi.
Shifokorning qo‘shimcha qilishicha, bunday holatda bemorning yuz qismida kapillyar tomirlari mayda to‘r singari ko‘rinish hosil qilishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi