Gipertoniya yoki yuqori qon bosimi yurak kasalliklarining yuzaga kelishi ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga, ba’zi insonlarda qon bosimining aniq belgilari bo‘lmasligi ham mumkin. Olimlar qon bosimini pasaytirishning yana bir usuli borligini aniqladilar, deya xabar bermoqda Ferra.
Yuqori qon bosimida nafas olish mushaklarini mashq qilish samarali bo‘lishi mumkin. Buni Kolorado universiteti professori Deniel Kreyxed hamkasblari bilan birgalikda aniqladi.
Tadqiqotda ishtirok etish uchun mutaxassislar yoshi 50-79 orasida bo‘lgan 36 nafar sog‘lom kishilarni tanlab oldilar. Ularning sistolik qon bosimi me’yordan yuqoriroq edi.
Ishtirokchilarning yarmi nafas mushaklarini kuchli mashq qilishdi (IMST), ikkinchi yarmi esa ancha sust mashqlarni bajarishdi.
Olti hafta o‘tgach, IMSTga murojaat qilgan odamlarda sistolik bosim o‘rtacha to‘qqiz ballga pastroq ekanligi ma’lum bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, ba’zi dori vositalari aynan shunday ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, IMST guruhida arteriyalarning stimulyatsiya bilan kengayish qobiliyati 45 foizga yaxshilandi. Va ushbu ishtirokchilarning tanasida azot oksidi darajasi sezilarli darajada oshdi.
Shunga qaramay, olingan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazish kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi