07:30 / 08.10.2022
1 144

Parhezshunos qaysi mahsulotlarda shakar ko‘p “yashiringanini” aytdi

Parhezshunos qaysi mahsulotlarda shakar ko‘p “yashiringanini” aytdi
Shakar yashiringan mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish qonda glyukoza miqdorini oshirib, semizlikdan tashqari tomirlar shikastlanishiga olib keladi.

Parhezshunos Yelena Solomatina tarkibida yashirin shakar bo‘lgan mahsulotlarni aytdi.

Bunga asal, shirin mevalar va rezavorlar kiradi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, shakar ayniqsa banan, xurmo va uzum mevalarida ko‘p. Asal fruktoza manbaiga ega. U insulin chiqarishni qo‘zg‘atmaydi, biroq u sababli yaxshigina semirish mumkin.

Shuningdek, shifokor yuqori glikemik indeksli mahsulotlar - yushmoq makaron, manna bo‘tqasi, oq guruch, kolbasa, sosiska va turli souslarning xavfli xususiyatlaridan ogohlantirdi.

Tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan mahsulotlar nafaqat qonda glyukoza miqdorini oshiradi, balki qandli diabet, tomirlar shikastlanishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Parhezshunos qaysi mahsulotlarda shakar ko‘p “yashiringanini” aytdi