Foto: «Noviy ochag»
Yiliga ikki marta tish shifokoriga tashrif buyurish, kariyesning birinchi belgilari paydo bo‘lganda darhol tishlarni davolash va hech qachon jiddiy tiklanish talab qilinadigan holatga keltirmaslik — bularning barchasiga amal qilish zarur. Ammo ko‘pincha davolanish kechiktiriladi — vaqt, pul yo‘qligi yoki oddiygina tish shifokoridan odatiy qo‘rquv tufayli. Ammo tishdagi muammolar bartaraf etilmaguncha, sog‘liq bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelaveradi, deb yozadi «Noviy ochag».
Tishning devorlari zararlanadi
Sog‘lom tishlar tashqi ta’sirga juda chidamli va uni sindirish uchun ko‘p kuch talab etiladi. Ammo kariyes tufayli devorlar zaiflashadi va hatto arzimas zarbadan ham buziladi. Shunday qilib, kasallangan tishni davolamasdan, uzoq vaqt qoldirish natijasida uni yo‘qotish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Metabolizm buziladi
Og‘riydigan tishlar ovqatni yaxshilab chaynashga imkon bermaydi va ular shu holatda oshqozonga kiradi. Bu hazm qilishni qiyinlashtiradi, oshqozon-ichak traktining umumiy holatiga yomon ta’sir qiladi va metabolik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Oshqozon-ichak trakti kasalliklari xavfi ortadi
Tishlar o‘z vaqtida davolanmasa, periodontit rivojlanishi mumkin — bu kasallik yumshoq to‘qimalarga ta’sir qiladi va tishlarning tushishiga olib keladi. Periodontitni keltirib chiqaradigan infeksiya immunitet tizimini jiddiy ravishda buzishi va oshqozon-ichak trakti kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin: gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, pankreatit va boshqalar. Aytgancha, agar tish o‘z vaqtida olib tashlanmasa, periodontitning rivojlanish ehtimoli ortib boraveradi.
Qandli diabet rivojlanishi mumkin
Milk qanchalik yallig‘langan bo‘lsa, qondagi qand miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi. Bu organizmdagi holatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik bir nechta yirik tadqiqotlar tomonidan tasdiqlangan. Bundan tashqari, xuddi shu tadqiqotlar tish va milkni davolashdan so‘ng qondagi glyukoza darajasi normal holatga qaytganini tasdiqladi.
Homila tushishi xavfining ortishi
Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarga og‘iz bo‘shlig‘ining holatini diqqat bilan o‘rganish va davolanishni tavsiya etilishi bejiz emas. Kasal tish va milkda hosil bo‘lgan infeksiyalar homilaning rivojlanishiga ta’sir qilishi va tushish xavfini 7 barobarga oshirishi mumkin.
Yurak va qon tomirlari xavf ostida
2021 yili chop etilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, yurak salomatligini tom ma’noda tishlar bilan bashorat qilish mumkin. Har bir davolanmagan tish yurak xuruji xavfini ikki baravar oshiradi. Bundan tashqari, nosog‘lom tishlar insult, yurak xuruji, yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi xavfini oshiradi. Bundan tashqari, tishlarda rivojlanadigan infeksiyalar qon tomirlari devorlarining yallig‘lanishiga va qon quyqalarining shakllanishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi