23:13 / 09.11.2022
1 437

Teri parvarishida ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 xato

Teri parvarishida ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 xato
Foto: Marie Claire
Teri parvarish qilishda eng muhim va o‘zgarmas qadam tozalashdir. Dekorativ kosmetika kunduzi qo‘llanilganmi yoki yo‘qmi, muhim emas, terini tozalash kuniga ikki marta: ertalab va kechqurun amalga oshirilishi kerak. Kechqurun chang va tashqi omillar tufayli kerak bo‘lsa, ertalab tun davomida ko‘p miqdorda yog‘ ishlab chiqariladi.

Teri parvarish qilishning ikkinchi bosqichi — jonlantirish. Ya’ni bu bosiqchda tozalash vositalarining qoldiqlari olib tashlanadi, teri jonlantiriladi va uyg‘otiladi. Ushbu protsedura ham kuniga ikki marta ertalab va kechqurun amalga oshirilishi kerak. To‘g‘ri parvarish qilish uchun terini namlash va oziqlantirish kerak. Terining turiga qarab va uning xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlangan krem ​​bilan namlash mumkin. Ammo shunda ham ayollar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan bir qancha xatolar mavjud. Marie Claire nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.

Kam tozalash

Tozalash — teri parvarish qilishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Agar bu e’tiborsiz qoldirilsa, teshiklar kirga to‘lib, yallig‘lanish va husnbuzar paydo bo‘lishiga olib keladi, teri dam olmaydi. Afsuski, barcha qizlar ham terini tozalashga yetarlicha ahamiyat bermaydi va bu bosqich uyda ham, salonda ham terini parvarish qilishning asosidir. Terining umumiy holati va ko‘rinishi unga bog‘liq.

Ish bermaydigan vositalar

Bugungi kunda go‘zallik bozorida haqiqatan ham faqat pul topish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘p. Krem, sivorotka, losionlarning ko‘plab reklamalari mavjud, ammo barcha mahsulotlar ham mos kelmasligi va ularni sotib olayotganda buni yodda tutish juda muhimdir. Har bir teri o‘ziga xosdir, o‘ziga xos xususiyatlarga ega va muayyan parvarishni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, nafaqat terining turini to‘g‘ri aniqlash, balki uning xususiyatlarini hisobga olgan holda parvarish qilish vositalarini sotib olish muhimdir. Aks holda eng yaxshi holatda hech qanday natijaga erishib bo‘lmaydi. Eng yomoni, yallig‘lanish kelib chiqishi mumkin. Teri uchun to‘g‘ri parvarish qilishni tanlashning eng yaxshi usuli — mutaxassis bilan maslahatlashishdir. Bu keraksiz xaridlardan xalos qiladi va kelajakda terini parvarish qilish vositalarini tanlashga yordam beradi.

Gidratatsiya yetishmasligi

Yetarli darajada namlanmagan teri har doim ham quruq ko‘rinishda bo‘lmaydi. Teri yaxshi ko‘rinishi mumkin va uning oziqlanmayotganini sezish qiyin, ammo u suvsizlanadi va himoyaga muhtoj. Bu, ayniqsa, sovuq mavsumda, terining intensiv namlanishi kerak bo‘lganda juda muhimdir. Ertalab va kechqurun yotishdan oldin terini namlashni unutmaslik lozim.

Tarkibida spirt mavjud mahsulotlar

Spirtga asoslangan mahsulotlar ortiqcha yaltirash va yog‘ni olib tashlashiga qaramay, ular terining himoya qatlamiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘proq yog‘ ishlab chiqaradi va terini plyonka bilan qoplagandek namlovchi vositalarni to‘liq singdirishga to‘sqinlik qiladi. Xuddi shu narsa sovun uchun ham amal qiladi. Uy sharoitida terini parvarish qilishda ham uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Issiq suv bilan yuvish

Issiq suv qon tomirlarini kengaytiradi, bu esa uzoq muddatda terining elastikligini pasaytiradi. Eng yaxshisi, xona haroratidagi suv terining lipid to‘sig‘iga zarar yetkazmaydi. Agar ertalab teri xorg‘in ko‘rinsa, muzdan foydalanish mumkin, asosiysi terining ehtiyojlarini inobatga olishdir.

Yallig‘lanish elementlarini olib tashlash

Husnbuzarlarning olib tashlanishi o‘zidan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qoida tariqasida, bu kir qo‘llar bilan tozalanmagan yuzda amalga oshiriladi. Yallig‘lanishni qo‘zg‘atadigan infeksiya sababli bunday qilish qat’iyan tavsiya etilmaydi. Agar teri muammoli bo‘lsa, unda maxsus tizimli parvarishdan foydalanish kerak.

Skrablardan tez-tez foydalanish

Skrablar teridagi o‘lik hujayralarni olib tashlashda yaxshi ish beradi. Shuning uchun ulardan keyin yuz yangi, yorqin va teri odatdagidan ko‘ra nafisroq bo‘ladi. Biroq ularni tez-tez ishlatish yog‘ bezlarini buzishi va ortiqcha yog‘ ishlab chiqarishni qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan tashqari, tez-tez pilingdan keyin teri tiklanish uchun vaqt topa olmaydi va yanada zaiflashadi, chunki yangi himoya qatlami hali tiklanishga ulgurmaydi. Bunday mahsulotlardan har ikki haftada bir marta foydalanish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Teri parvarishida ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan 7 xato