
Foto: The Lung Centre
Yilning sovuq oylarida shamollash bilan bog‘liq kasalliklar ko‘payadi, buning sababi odamlar yashaydigan yoki ishlaydigan binolardagi havoning quruqligi, deya ta’kidladi genetik-metabolist Svetlana Peres.
Havo yaxshi aylanmaydigan, namlik darajasi past uylarda yashovchilar o‘rtasida kasallanishlar nisbatan ko‘p uchraydi.
«Namlik viruslarning harakatlanishini susaytirib, tarqalishiga to‘sqinlik qiladi. Bir necha odam issiq va quruq joyda to‘planganida shamollash, gripp viruslari, shuningdek, ayrim bakteriyalar va zamburug‘larning tarqalishi ehtimoli ancha oshadi», — tushuntirdi Peres.
Virusli kasalliklardan himoyalanish mumkin. Buning uchun xonani muntazam shamollatib, havoning namlik darajasini saqlab turish kerak. Toza havoda sayr qilish, begonalar bilan muloqotda masofani saqlash lozim, tavsiya qildi u.
Immunitetni oshirish ham muhim: to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni odat qilish kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar