08:27 / 12.12.2022
1 094

Oddiy va elektron sigaretalarning har ikkisi ham zararli

Oddiy va elektron sigaretalarning har ikkisi ham zararli
Oddiy va elektron sigaretalarning har ikkisi ham zararli. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining tamakiga qarshi kurashish bo‘yicha bosh konsultanti Shuhrat Shukurov ma’lum qildi.

Oddiy va elektron sigaretalarning barchasida nikotin va kanserogen moddalar mavjud. Nikotin insonda juda kuchli qaramlikni keltirib chiqaradi.

Ayniqsa, hali yaxshi rivojlanmagan markaziy asab tizimi bu moddaga tez o‘rganadi. Agar ushbu tizimning shakllanishi taxminan 25 yoshgacha davom etishini e’tiborga olinsa, elektron sigaretalar yoshlar salomatligi uchun juda xavfli.

Bunday mahsulotlarni chekish yurak-qon tomir va o‘pka kasalliklarini keltirib chiqaradi”, - deydi mutaxassis.

Oddiy va elektron sigaretalarni birgalikda chekish esa yanada zararli. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday holatlarda nafas olish a’zolari va yurak-qon tomir xastaliklari xavfi 2 baravarga ortadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oddiy va elektron sigaretalarning har ikkisi ham zararli