Foto: «Noviy ochag»
Butun dunyo olimlari nima uchun ba’zi keksa odamlar surunkali og‘riq va turli kasalliklardan aziyat cheka boshlaganini, boshqalari esa o‘zlarini sog‘lom va baquvvat his qilishlarini o‘rganmoqda. Javobning bir qismi muhim mikroelementlarning, ayniqsa, temirning kerakli miqdoridir, deb yozadi «Noviy ochag».
Temir moddasi organizmga nimasi bilan muhim?
Shotlandiyadagi Edinburg universiteti va Germaniyaning Maks Plank qarish biologiyasi instituti tadqiqotchilari biologik qarishning uch xil jihatini va ular bilan bog‘liq genlarni ko‘rib chiqdi:
- umr ko‘rish davomiyligi (qancha yil yashagan?);
- sog‘lom davrning davomiyligi (kasalliksiz yashagan yillar);
- uzoq umr ko‘rish.
Nature Communications ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot qondagi temir almashinuvida ishtirok etuvchi genlar ham uzoq va sog‘lom hayot kechirish bilan bog‘liqligini aniqladi. Bundan tashqari, qonda g‘ayritabiiy darajada yuqori yoki juda past temir darajasi jigar kasalligi, Parkinson kasalligi va immunitetning pasayishi kabi yoshga bog‘liq kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Olimlarning fikriga ko‘ra, eritrotsitlar — qizil qon tanachalari yoshga qarab temirni kamroq va sekinroq samarali qabul qiladi. Bu degani, uning ko‘proq molekulalari bog‘lanmagan holda qoladi, bu esa erkin radikallarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ular DNKga zarar yetkazadi va hujayralar qarishini tezlashtiradi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, buzilgan hujayra DNKsi mushaklarning kuchsizlanishi, miya to‘qimalarining shikastlanishi va umrning qisqarishi kabi qarish belgilari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Olimlar bu konsepsiya ustida unchalik uzoq emas, taxminan o‘n yil davomida ishladi, ammo erkin radikallar butun oranizmdagi to‘qimalarga zarar yetkazishi mumkinligiga deyarli shubha yo‘q. Miyada temirning to‘planishi Parkinson va Alsgeymer kasalligining rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Nima uchun temir moddasini ortiqcha qabul qilish xavfli?
Tadqiqot natijalari qondagi temirning yuqori darajasi umr ko‘rish davomiyligini yoki sog‘lom yillarni qisqartirishi mumkinligiga oydinlik kiritdi.
Bu element, albatta, juda muhim, lekin katta miqdorda temir zaharli bo‘lishi mumkin. Uning ortiqcha qismi organizmning to‘qimalarida, shu jumladan, yurak, jigar, oshqozon osti bezi va bo‘g‘imlarda to‘planadi.
Bu nimaga olib kelishi mumkin?
- yurak yetishmovchiligi;
- jigar kasalligi;
- qonda glyukozaning ko‘tarilishi;
- artrit.
Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari qondagi temir darajasining oshishi va umr ko‘rish davomiyligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, oziq-ovqat yoki parhez qo‘shimchalaridan olingan temirning ortiqcha miqdori ich qotishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va qorin og‘rig‘i kabi nojo‘ya ta’sirga olib kelishi mumkin.
Qonda temir yetishmasligining xavfi nimada?
Temir tanqisligi organizm uchun uning ortiqcha bo‘lgani kabi yomon — bu mushaklar kuchiga, energiya darajasiga va aqliy qobiliyatga salbiy ta’sir qiladi. Odamda anemiya rivojlanishi, nafas qisilishi va yurak tez urishi mumkin.
Bundan tashqari, temir tanqisligi yoshga bog‘liq kasalliklar xavfini kuchaytiradi, chunki bu mikroelement organizm uchun juda ham kerak. Qizil qon hujayralari ishlab chiqarish (kislorod tashish), ferment sintezi (elektron tashish) va redoks jarayonlari uchun temir muhim.
Organizm uchun qancha temir kerak?
Bu savolga javob juda individual bo‘lishi mumkin — bularning barchasi salomatlik holatiga va ma’lum kasalliklarning mavjudligiga bog‘liq (ular so‘rilishiga to‘sqinlik qilishi yoki ozuqa moddalarining qo‘shimcha yo‘qolishiga olib kelishi mumkin). Biroq umumiy tavsiyalar mavjud:
- 19 yoshdan oshgan erkaklar — 8 mg;
- 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar — 11 mg;
- 19 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollar — 18 mg;
- 50 dan oshgan ayollar — 8 mg;
- o‘smir qizlar — 15 mg;
- homilador ayollar — 27 mg.
Ayollar va o‘smir qizlarda temirning yuqori miqdori hayz ko‘rish bilan bog‘liq. Sportchilar ko‘proq temir iste’mol qilishi kerak. Aksariyat odamlar o‘ziga kerak bo‘lgan barcha temirni to‘g‘ri, xilma-xil mahsulotdan olish mumkin, deb biladi.
Temir yetishmasligini to‘ldirish uchun nima iste’mol qilish kerak?
Ratsion to‘liq bo‘lishi uchun temirning o‘simlik va hayvon manbalarini birlashtirishga arziydi. Ular boshqacha so‘riladi, shuning uchun vegetarianlar ko‘proq ehtiyot bo‘lishi kerak.
Temirga boy ratsionning yana bir muhim jihati bor — sut ko‘pincha temirga boy bo‘lsa-da, kalsiy uning so‘rilishini kamaytirishi mumkin. Fitin, tanin va fosfatlar xuddi shunday ish beradi. Ammo C vitamini, aksincha, so‘rilishni kuchaytiradi.
Temirga boy yoki uning so‘rilishini rag‘batlantiradigan mahsulotlar:
- mol go‘shti;
- jigar;
- baliq;
- loviya, yasmiq;
- ustritsa;
- keshyu;
- no‘xat;
- kartoshka;
- tofu, soya;
- mayiz, quritilgan mevalar;
- ko‘katlar;
- pomidor;
- sitruslar;
- bulg‘ori qalampiri;
- qovoq yoki qovoq urug‘lari.
Temirning so‘rilishini kamaytiradigan mahsulotlar:
- qahva;
- choy;
- sharob;
- giyoh va ziravorlar;
- sut, yogurt, pishloq;
- tuxum;
- yalpiz;
- olma;
- yong‘oq;
- bodom;
- arpa, javdar, jo‘xori;
- yeryong‘oq;
- petrushka;
- shokolad, kakao;
- malina. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?