1 527
Yurakda sanchiqli og‘riq kuzatilsa, birinchi yordam ko‘rsatish uchun nimalarni bilish kerak?
Foto: «Wday.ru»
Yurak sohasida sanchiqli og‘riq bir necha kasalliklarning natijasi bo‘lishi mumkin. Yordamni to‘g‘ri ko‘rsatish uchun og‘riq sabablarini bilish muhimdir. Aksar hollarda o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar inson hayotini saqlab qoladi.
Yurak og‘riganda nima qilish kerak? Dastavval, tashvishlanishni to‘xtating va xotirjam bo‘lgan holda og‘riq xususiyatini baholashga harakat qiling. Kardiologiyada yurak sohasidagi og‘riqlar shartli ravishda ikki guruhga bo‘linadi: kardialgiya va anginoz og‘riqlar. Birinchi yordam ko‘rsatish uchun og‘riq qaysi toifaga kirishini aniqlab olish kerak.
Kardialgiya
Kardialgiyada og‘riq ko‘pincha yurak bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar natijasidir. Bularga osteoxondroz, nevrologik kasalliklar, hazm qilish tizimi faoliyatining buzilishi, vegetativ qon-tomir distoniyasi, ayollardagi klimaks davri va boshqalar kiradi.
Kardialgiyada og‘riq sanchuvchi, o‘tkir, kesuvchi bo‘ladi. Ma’lum vaqt mobaynida saqlanib turadi. Xurujlar ko‘pincha holsizlanish, terlash va qon bosimining pasayishi bilan birga kuzatiladi. Nafas olish va gavda holati o‘zgarganda og‘riq kuchayadi. Og‘riq kuraklar sohasida umurtqa va bo‘yinda osteoxondroz bilan birga namoyon bo‘ladi.
Yurak sanchiganda uy sharoitida nima qilish kerak?
Birinchi qadam — bemorni tinchlantirish. Bemorning toza havodan nafas olishini ta’minlash, ko‘ylak yoqalaridagi tugmalarni yechish, kamarlarni va tanani siqib turgan boshqa narsalarni bo‘shatish lozim.
Kuchli dori-darmonlarni qabul qilish holatni yomonlashtirishi mumkin. Ikkinchi qadam — zudlik bilan shifokorni chaqish. Faqat mutaxassisgina og‘riqning tabiatini to‘g‘ri baholay oladi va zarur yordamni ko‘rsatadi. Yurak sanchishiga beparvo bo‘lish yaramaydi.
Foto: «Wday.ru»
Anginoz og‘riqlar
Anginoz og‘riqlar yurak-qon tomir tizimida jiddiy patologiyalar borligini ko‘rsatadi. Anginoz og‘riqlar bosimli, siquvchi ba’zan yondiruvchi his bilan kechadi.
Xuddi shunday og‘riqlar kuzatilganda nima qilish kerak? Javob aniq: darhol tez yordamga xabar qiling. Tez yordam kelgunga qadar o‘tirib yoki yotgan holda biror harakat qilmaslik kerak.
Bundan tashqari, tez yordam bo‘limlarida bepul xizmat mavjud: telefon orqali shifokor bilan maslahatlashish kabi.
Yurak sanchganda shifokor uy sharoitida nima qilish mumkinligini tavsiya etadi. Tez yordam kelishidan oldin ham maslahat olishni unutmang. Ba’zida oila a’zolar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar bemor hayotini saqlab qoladi.
Ekspert fikri
- "Ko‘pincha ayrimlar ko‘krak qafasidagi sanchiqli og‘riqlarni yurak xuruji bilan adashtiradi. Nevralgiyada ham shunga o‘xshash simptomlar borki, ular sog‘liq uchun katta xavf tug‘dirmaydi", - deydi vrach-nevrolog Maksim Domashekno.
Ko‘krak sohasining chap tomonida diskomfort paydo bo‘lganda, bemorlar stenokardiya alomati deb shubhalanib, umumiy amaliyot shifokoriga yoki kardiologga murojaat qilishadi. Ammo yurak ishemik kasalligida og‘riq odatda ko‘krak qafasi orqasida qo‘l yoki jag‘ning pastki qismida kuzatiladi va yondiruvchan, chidab bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi.
Qovurg‘a orasi nevralgiyasida og‘riq ko‘krak qafasining o‘rtasida emas, balki uning yarmida lokalizatsiya qilinadi. Odatda u jismoniy zo‘riqishdan so‘ng paydo bo‘ladi, chuqur nafas olganda, nafas olish ritmi o‘zgarganda yoki qovurg‘alarga tegganda kuchayadi. Ko‘pincha qovurg‘a orasi nevralgiyasi gerpes infeksiyasining asoratlari sifatida yuzaga keladi va keyinchalik surunkali bosqichga o‘tadi. Bu holda, neyropatiya rivojlanadi — og‘riq sindromlarining tabiati boshqacha bo‘ladi va bunda kasallikka mos bo‘lgan butunlay boshqa davolash usullari qo‘llanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?