10:46 / 26.06.2023
140

Tomoq og‘riganda og‘iz bo‘shlig‘ini qanday chayqash kerak?

Foto: Wday

Angina yoki o‘tkir tonzillit bilan og‘riganda shifokor, shubhasiz, tomoqni chayqashni maslahat beradi. Terapiyaning qo‘shimcha usuli sifatida ular tiklanishni tezlashtiradi, faqat chayish jarayoni to‘g‘ri bajarilsa, albatta.

Tomoqni qanday chayqash kerak?

O‘tkir tonzillitni davolashning asosiy usuli patogen bakteriyalarni o‘ldiradigan antibiotiklarni qabul qilishdir. Ammo davolash kursi har doim chayqashni o‘z ichiga oladi.

Ushbu muolajaning afzalliklari:

  • Tomoqdagi qichishish va og‘riqni kamaytiradi;
  • Shikastlangan shilliq qavatni yumshatadi va davolaydi;
  • Patogen mikroorganizmlarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi;
  • Yiringli qobiqlarni yumshatib, blyashkalarni yuvib tashlaydi;
  • Yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega.

Bundan tashqari, tomoq va og‘izni chayqash tufayli antibakterial dorilarning yon ta’siridan yuzaga keluvchi zamburug‘ rivojlanmaydi.

Jarayon samarali bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri bajarish kerak:

  • Boshni tepaga qaratgan holda tilni tashqariga chiqargan holda g‘arg‘ara qilinadi.
  • 30 soniya davomida g’arg’ara harakatlarinini bajarish kerak.
  • Har qanday holatda eritma yutib yuborilmasin.
  • Eritmaning harorati inson tanasining haroratiga yaqin bo‘lsin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar eritmaning tarkibiga bog‘liq. Uch yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun har qanday vositalarni sinab ko‘rish tavsiya etilmaydi: eritmani tomoqni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin.

Chayish uchun eritma retseptlari

Shifokor chayish uchun farmatsevtik preparatlarni tavsiya qilishi mumkin. Ammo sinovdan o‘tgan xalqona davo choralari kam samarali emas:

  • Tomoq og‘riganda soda bilan chayqash. Ushbu preparat patogen bakteriyalarning ko‘payishining oldini oladi va og‘riqni yo‘qotadi. Eritmani tayyorlash uchun 250 ml qaynoq suvga bir choy qoshiq kukunni (bolalar uchun yarim qoshiqcha) suyultiring va suv iliq bo‘lguncha kuting. Jarayonni kuniga 4-5 marta bajarish kerak.
  • Tomoqni peroksid bilan chayqash. Ushbu vosita ajoyib antiseptik bo‘lib, u intoksikatsiyani kamaytirishga va yallig‘lanish jarayonini bartaraf etishga yordam beradi. Kasallikning o‘tkir bosqichida kuniga ikki marta qo‘llaniladi. Muolaja uchun 3 foizli periks eritmasi ishlatiladi: 250 ml iliq suv uchun bir choy qoshiq peroksid aralashtiriladi. Chayqashdan so‘ng og‘zingizni va tomoqni xona haroratida toza suv bilan yuvib tashlang.
  • Tomoqni tuzli suv bilan chayqash. Tuz — ham dengiz, ham osh tuzi, dezinfeksiya qiladi va yiringli sekretsiyalarni olib tashlaydi. Tuz eritmasini (1 stakan suvga bir choy qoshiq tuz) kuniga yetti martagacha chayqash kerak.

Bunday muolajalar uchun dorivor o‘tlarning qaynatmalari — kalendula, romashka, evkalipt ham qo‘llaniladi.

An’anaviy tibbiyot ham foydalanishda qarshi ko‘rsatmalarga ega. Peroksidli muolaja yuqori sezgir shilliq pardalar va yosh bolalar uchun tavsiya etilmaydi. Soda oshqozon yarasi, o‘tkir yurak kasalligi va homiladorlikning birinchi trimestrida mumkin emas.

Tomoq og‘rig‘ini davolashda chayqash yordam beradi. Salbiy ta’sirga yo‘l qo‘ymaslik uchun shifokor bilan birgalikda muolajalarning tarkibi va intensivligini tanlab oling.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tomoq og‘riganda og‘iz bo‘shlig‘ini qanday chayqash kerak?