Keskin bosh aylanishi bilan odamlar muvozanat hissini yo‘qotadilar va tevarak atrofdagi narsalar tebranayotgan yoki aylanayotganga o‘xshaydi. Ba’zilar uchun bu holat ko‘ngil aynish bilan birga keladi. Shuning uchun to‘satdan paydo bo‘ladigan bosh aylanishi, sabablari va undan qutilish usullarini o‘tkazib yubormaslik muhimdir, deb yozadi Wday nashri.
Bosh aylanishi 80 dan ortiq turli kasalliklar bilan izohlanadi: vestibulyar apparatlar, yurak-qon tomir tizimi, umurtqa pog'onasi to'qimalarining hamda orqa miya to‘qimalarining shikastlanishi, kamqonlik va boshqalar bilan bog‘liq kasalliklar. Ulardan ayrimlari zararsizdir, ammo salomatlik uchun xavflilari ham bor.
Keskin bosh aylanishi va ko‘ngil aynishi sabablari
Barcha sabablar orasida eng keng tarqalganlari:
- Bo‘yin osteoxondrozi. Bu holda nafaqat bosh aylanishi, balki to‘satdan harakatlarni amalga oshirishda (boshni o‘girish yoki ko‘tarish, tana holatini o‘zgartirish) qusish ham paydo bo‘ladi.
- Ichki quloqning yallig‘lanishi — labirintit. Muhokama qilingan holatga qo‘shimcha ravishda labirintit eshitish qobiliyatini yo‘qotishi, quloq kanalidan oqindi oqishi mumkin.
- Vestibulokoxlear nerv vestibulyar qismining yallig‘lanishi. To‘satdan harakatlar qilishda bosh aylanishi paydo bo‘ladi. Ushbu kasallikning o‘ziga xos xususiyati tez-tez bezovta qiladi, biroq bir necha kundan keyin holat yaxshilanadi. Keyinchalik kasallik bir muncha vaqt mobaynida bemorni bezovta qilishi bilan xarakterlanadi.
- Ichki quloqning yiringli bo‘lmagan kasalligi — Menyere kasalligi, bosh aylanishi, qusish, eshitish qobiliyatini yo‘qotish, quloq shang‘illashi bilan birga namoyon bo‘ladi.
- Bosh miya shikastlanishi.
- Insult patologiyasida nafaqat muvozanatni yo‘qotish, balki ikki tomonlama ko‘rish, nutq va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq muammolar, doimiy zaiflik va qayt qilish holatlari kuzlatiladi.
- Bazel migreni surunkali nevrologik kasallikdir (ayollarda kuchli bosh aylanishining sababi).
- Dori-darmonlarni qabul qilish, ularning yon ta’siri ko'ngil aynish va bosh aylanishini keltirib chiqadi.
- Xolesterinning yuqori darajasi, ateroskleroz, yuqori qon bosimi.
- Hayz davri, menopauza, homiladorlikda ko‘ngil aynishi qayd qilingan.
- Stress, uyqusizlik, doimiy tashvishlanish, sog‘lom oziq moddalarning yetishmasligi, spirtli ichimliklar — bularning barchasi kuchli bosh aylanishiga yordam beradi.
Muammoni hal qilish uchun bir nechta maslahatlar
Bu holat tez-tez kuzatilsa, bemor shifokorga murojaat qilishi kerak. Biroq dori-darmonlarni qabul qilish vaziyatdan chiqishga yordam beradigan yagona narsa emas.
Birinchidan, ko‘proq suyuqlik ichish lozim. Ikkinchidan, kofeinni haddan ortiq iste’mol qilish yaramaydi, spirtli ichimliklar va chekmaslik haqida unutmaslik lozim. Va nihoyat, toza havoda ko‘p sayr qiling, miyaga foydali oziq-ovqatlar iste’mol qiling, mashina haydamaslikka harakat qiling.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring