16:20 / 27.10.2023
154

Organizmdagi temir tanqisligining asosiy belgilari

Organizmdagi temir tanqisligining asosiy belgilari

Organizmda yuzaga kelgan ma’lum vitamin yoki minerallar tanqisligi o‘zimizni qanday his qilayotganimiz hamda tashqi ko‘rinishimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu belgilarga nisbatan befarqlik qilish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Inson organizmining temir moddasiga bo‘lgan ehtiyoji juda ko‘p omillarga, jumladan, yosh, jins va hayot tarziga bog‘liq. 50 yoshgacha bo‘lgan sog‘lom erkak uchun tavsiya etilgan bir kunlik doza 10 mg ga teng bo‘lsa, ayollarda bu ko‘rsatkich 15 mg ni tashkil etadi.

Quyidagi belgilar organizmdagi temir moddasi tanqisligidan darak berishi mumkin.

Soch to‘kilishi

Odatda soch to‘kilishi organizmga temir moddasi yetishmayotganining eng birinchi belgilaridan sanaladi. Sochlaringizni tarab bo‘lgach, taroqda qolgan tolalar har doimgidan ko‘proq ekanligini ko‘rsangiz, zudlik bilan tahlil topshirishni maslahat beramiz.

Charchoq

Har kuni yetarlicha uxlasangiz ham, o‘zingizni horg‘in his qilayotgan bo‘lsangiz, organizmingizda temir moddasi tanqisligi yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Charchoq odatda hujayralarga kislorodning yaxshi yetib bormasligi hisobiga paydo bo‘ladi.

Rangpar teri

Teringiz rangi odatdagidan ochroq bo‘lsa, buni ham temir moddasi tanqisligining asosiy belgilaridan biri sifatida qabul qilish mumkin. Gap shundaki, temir tanqisligida qondagi tanachalar miqdorini keskin tushib ketadi, bu esa terining rangpar ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.

Bosh og‘riqlari

Agar ushbu muammo xotiraning susayishi va diqqatni bir yerga jamlay olmaslik bilan birga kuzatilayotgan bo‘lsa, salomatligingizga jiddiy e’tibor qaratishingiz va zudlik bilan vitaminlar ichishni boshlashingiz kerak.

Bosh aylanishi

Organizmdagi temir moddasi tanqisligining yana bir belgisi – o‘tirgan holatda o‘rningizdan turganingizda boshning aylanib ketishi hisoblanadi. Bunga hujayralarning kislorod bilan yetarli darajada ta’minlanmayotgani sabab bo‘ladi.

Yurak urishining tezlashishi

Temir moddasi tanqis bo‘lgan holatda organizm hujayralarni kislorod bilan yetarli darajada ta’minlay olmaydi, buning o‘rnini esa yurak urishining tezlashishi hisobiga to‘ldirishga “urinadi”.

Nafas olishning qiyinlashishi

Hujayralari kislorod bilan to‘yinmayotgan organizm ushbu muammoni ko‘proq nafas olish hisobiga bartaraf etishga harakat qiladi.

Bordi-yu siz ham o‘zingizda ushbu belgilarni payqagan bo‘lsangiz, shifokor qabuliga borishni kechiktirmang. Mutaxassis nazorati ostida kerakli tahlillarni topshiring va muammoni o‘z vaqtida bartaraf eting.

Agar haqiqatdan ham organizmingizda temir moddasi tanqisligi yuzaga kelgan bo‘lsa, muammoga qarshi kurashish uchun vitaminlar qabul qilishdan tashqari taomnomangizga tarkibida katta miqdorda temir saqlanadigan tabiiy mahsulotlardan qo‘shing.

Tarkibida temir moddasi miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar:

- mol jigari;

- xandonpista;

- keshyu;

- suli yormasi;

- turshak;

- qovoq urug‘lari;

- mayiz;

- tofu;

- ismaloq.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmdagi temir tanqisligining asosiy belgilari