Foto: “Noviy ochag”
Qish mavsumida vitaminga boy mahsulotlarni iste’mol qilish yoz fasliga qaraganda ancha kamayadi. Buning sababi quyosh nurining, shuningdek, ko‘plab foydali moddalarni beradigan yangi meva-sabzavotlarning kamligidadir. Shuning uchun ham sovuq oylarda yetishmovchilikni bartaraf etish uchun qo‘shimcha vitaminlarni ichish odatiy holga aylangan. Quyida qish faslida kerakli vitaminlarni yetarlicha qabul qilish uchun sabzavotlar o‘rnini nimalar bilan almashtirish mumkinligini bilib olish mumkin.
Diyetologlar sovuq mavsumda xom shaklda saqlanadigan poliz ekinlariga ko‘proq e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Bularga masalan, qovoq, lavlagi, sabzi, piyoz va karamni misol qilinadi. Ularni xom, dimlab yoki qaynatib yeyish mumkin. Bu kabi mahsulotlar maksimal foydani saqlab qoladi va tanani vitaminlar bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari, yoz va kuz faslida an’anaga muvofiq yangi meva va sabzavotlarni muzlatish ham kerak. Ko‘pgina tadqiqotchilar ushbu shakldagi mahsulotlarni yangilariga qaraganda ancha foydali deb biladi. Vitamin va minerallar maksimal miqdorini o‘z ichiga olgan meva va sabzavotlar ular pishib yetilishining eng yuqori chog‘ida muzlatishga qo‘yiladi. Sotish uchun qo‘yilgan yangi meva va sabzavotlar esa pishmagan holida olib kelinadi, chunki sotilguniga qadar sifati yomonlashib ketmasligi uchun.
Tuzlangan sabzavotlarni esa ayrim mutaxassislar tavsiya etmaydi. Garchi ular foydali xususiyatini yo‘qotmasdan, barcha vitaminlarni o‘zida saqlab qolsa ham. Bundan tashqari, organizmga uglevod va shakar sabzavotlarning tuzlangan shakldagisida kamroq kiradi. Ammo oshqozon ichak-trakti kasalligi bor bo‘lgan bemorlar tuzlangan sabzavotlar iste’molidan o‘ta ehtiyot bo‘lishi kerak, sababi ular kislotalilikni oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Rossiyaning yangilangan yadroviy doktrinasini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi