Foto: Womanadvise
Kechasi nega ko‘zingizga uyqu kelmayotganini tushuna olmayapsizmi? Bunga sabab qabul qilingan dori-darmonlar bo‘lishi mumkin. Ma’lum turdagi preparatlar uyquni kuchaytirsa, boshqalari aks ta’sir etadi.
Amerikalik klinik psixolog, tibbiyot fanlari nomzodi, salomatlik va hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha kitoblar muallifi doktor Maykl Breus bu haqda batafsil ma’lumot berdi.
"Shamollash va grippga qarshi vositalardan tortib saratonni davolashgacha bo‘lgan ko‘plab dorilar uyqusizlikka olib kelishi mumkin. Dorilar yo‘riqnomasida uning nojo‘ya ta’sirlari va boshqa dorilar bilan o‘zaro mosligi haqida to‘liq ma’lumot berilsa-da, bemor uni ko‘pincha o‘qib ko‘rmaydi", — deydi doktor.
Quyida uyquga xalaqit beradigan 5 xil dori ro‘yxati bilan tanishasiz:
1. Gripp va shamollashga qarshi dorilar
O‘tkir respirator virusli infeksiyalarga qarshi dorilar ko‘pincha shifokor ko‘rsatmasiga binoan qabul qilinadi. Bunday dorilarning tarkibida psevdoefedrin moddasi bo‘lib, uning vazifasi burun bitishining oldini olishdir. Biroq bu modda uyqusizlikni keltirib chiqaradi. Psevdoefedrin allergiyaga qarshi hamda antigistamin preparatlarda ham uchraydi.
2. Nikotin plastirlari
Foto: Allensar
Nikotin plastirlari chekishga qarshi kurashda qo‘llaniladi va tamakiga qaramlikning oldini oladi. Ammo kechasi ishlatilganda uyqusizlikni keltirib chiqaradi.
3. Antidepressantlar
Antidepressantlar — bu tushkunlikka qarshi dorilar bo‘lib, bosh miyadagi baxt gormonlari, ya’ni serotonin, endorfin, dofamin va oksitotsin darajasini ko‘taradigan preparatlardir. Ayniqsa, selektiv serotoninni qayta yuklash ingibitori turiga kiruvchi antidepressantlar uyquga xalaqit berishi isbotlangan.
4. Beta blokatorlar
Beta blokatorlar yurak ishemik kasalliklari, aritmiya, gipertenziya, yurak yetishmovchiligi, migren va tireotoksikoz kabi kasalliklarda qo‘llaniladi. Ushbu preparatlar melatonin — uyqu gormonini kamaytiradi. Bundan tashqari, yarim kechasi uyg‘onish, tushda qo‘rqib ketish kabilar beta blokatorlar bilan bog‘liq.
5. Xolinesteraza ingibitorlari
Xotira, diqqat va nutqning buzilishi bilan kechadigan demensiya kasalligida shifokorlar xolinesteraza ingibitorlarini tavsiya qiladilar. Dorining ta’sirida yoshi kattalarda uyqusizlik yanada kuchayadi. Buning oldini olish uchun bemorga qo‘shimcha melatonin buyurilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi