17:47 / 25.05.2024
136

Tilning rangi va shakli organizmdagi qanday o‘zgarishlardan darak beradi?

Tilning rangi va shakli organizmdagi qanday o‘zgarishlardan darak beradi?
Infeksiya va kasalliklar alomati namoyon bo‘lishidan avval ular tanada o‘z bakteriyalarini tarqata boshlaydi. Infeksiyaning bir qismi tomoq orqali og‘iz bo‘shlig‘iga o‘tadi. Vitamin yetishmovchiligi, temir moddasi tanqisligi va hatto rivojlanayotgan saraton kasalligining ilk belgilarini ham tilning holatiga ko‘ra aniqlash mumkin. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, tilni vaqti-vaqti bilan sinchiklab tekshirish kerak. Agar quyida keltiriladigan belgilar namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Tananing ushbu a’zosi sog‘liq haqida ko‘p narsalarni aytib beradi.

Foto: Marie Claire
Tildagi oq dog‘lar
Buning boisi ikki xil bo‘lishi mumkin: yetarli bo‘lmagan gigiyena yoki zamburug‘lar. Oq dog‘lar to‘planib qolgan bakteriyalar qoplamasidir. Zamburug‘li infeksiya alomatlari namoyon bo‘lishdan avval tilda to‘planadi. Bundan xavotirga tushishning hojati yo‘q. Kasallik shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra davolansa, zamburug‘dan tezda xalos bo‘lasiz.

Sariq til
Tilning sariq tusga kirishi suvsizlanishdan bo‘lishi mumkin. Inson 1 kg vazniga 30 ml miqdorida suv ichishi kerak. Agar vazningiz 60 kg bo‘lsa, u holda kuniga 1,8 litr (taxminan 7 stakan) suv ichish talab etiladi.

Sariqlikka jigar kasalliklari ham sabab bo‘ladi. Agar siz yetarli miqdorda suyuqlik ichsangiz, lekin tilingizdagi sarg‘ishlik ketmasa, shifokor bilan maslahatlashing.

Yorqin qizil rangli til
Tilning yorqin qizil tusga kirishi normal holat emas, u tanada vitaminlar yetishmasligidan dalolat beradi. Bu muammoga go‘sht iste’mol qilmaydigan va doim parhez tutadiganlar duch keladi. Shuningdek, tilning qizarishiga ichki yallig‘lanish ham sababchidir.

Foto: Marie Claire
Och pushti tusdagi til
Pushti va rangi xira til kamqonlik va temir moddasi yetishmasligidan darak beradi. Anemiya genetik jihatdan o‘tishi yoki temir moddasini o‘z ichiga olgan oziq-ovqatlarni yetarli darajada iste’mol qilmaslik tufayli paydo bo‘ladi. Temirning qondagi miqdorini aniqlash uchun tibbiy tahlil o‘tkazish va shifokorga murojaat qilish lozim. Temirga boy qizil go‘sht, jigar, ismaloq, dukkaklilar, qora shokolad, anor kabi mahsulotlar ham anemiyada foydalidir.

Notekis til
Tilning ustki qatlami notekis bo‘lishi bruksizmdan kelib chiqadi. Uyquda tishlarni g‘ijirlatish kasalligi asabiylik va emotsiyalarni ichga yutishdandir.

Tildagi yoriqlar
Tilning yorilishi suvsizlanish yoki autoimmun kasalliklar belgisidir. Bunda tana zararli hujayralar bilan kurashish vaqtida sog‘lom to‘qimalarga ham shikast yetkazadi. Aniq tashxis qo‘yish uchun mutaxassis ko‘rigiga borish kerak.

Tildagi shish va bezlar
Til yuzasida paydo bo‘lgan shishlar allergiyadan kelib chiqishi, bezlar va oq pufakchalar esa infeksion kasalliklar yoki saratondan bo‘lishi mumkin.

Foto: Marie Claire
Siyohrang til
Organizmda qon aylanish tizimining buzilishi, surunkali hamda qand kasalliklarida til siyohrang tusga kirishi kuzatiladi. Bunday rang varikoz, gipertoniya va hatto tromb hosil bo‘lishidan kelib chiqishi mumkin.

Pushti til
Pushti rangli til sizning sog‘lig‘ingiz joyida ekanligini bildiradi. Til silliq va namlangan bo‘lishi ichki a’zolaringizning sog‘lom ekanligini bildiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tilning rangi va shakli organizmdagi qanday o‘zgarishlardan darak beradi?