
Sovuq ichimliklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lish – jaziramadan qochishning odatiy yo‘liga aylangan. Ammo stomatolog Denis Moiseyevning fikriga ko‘ra, bunday “sovutish” usuli tish salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, muntazam ravishda muzdek ichimliklar iste’moli tish emali va plomba o‘rtasida mikroyoriqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Tish emali yuqori mustahkamlikka ega bo‘lishiga qaramay, u termik o‘zgarishlarga nisbatan sezgir. Sovuq ichimlik tishni to‘satdan sovitsa, bu termik shokka olib kelishi mumkin. Mikroyoriqlar oddiy ko‘z bilan ko‘rinmasligi mumkin, biroq kattalashtiruvchi asboblar yordamida ularni aniqlash mumkin.
Moiseyev shunday deydi: “Ayniqsa, plomba va emal o‘rtasidagi chegaralar zaif nuqta hisoblanadi. Bu ikki materialning issiqlikdan kengayish xususiyatlari bir-biriga mos kelmasligi tufayli, harorat o‘zgarganda ular orasida zo‘riqish paydo bo‘ladi. Bu esa mikro tirqishlarga, hatto ayrim hollarda plomba atrofidagi emalning yorilishiga sabab bo‘ladi.”
Shuningdek, sovuq ichimliklarni issiq ovqatdan so‘ng qabul qilish yanada xavfli. Bunday paytda haroratning keskin o‘zgarishi emalda taranglik yuzaga keltiradi. Emalning asosiy tarkibiy qismi – gidroksiapatitning kristall tuzilishi doimiy sovish-isish ta’sirida zaiflashishi va mikroskopik nuqsonlar paydo bo‘lishi mumkin.
Sovuq ichimliklar tarkibida ko‘p hollarda kislotali moddalar – gazlangan suvlar, limonadlar va sport ichimliklari mavjud bo‘lib, ularning pH darajasi past bo‘ladi. Bu esa tish emalining mineral tarkibini zaiflashtiradi, uni nozik va oson shikastlanuvchi holatga keltiradi. Shu tariqa, sovuq va kislotali muhit birlashganda tish uchun ikki tomonlama xavf yuzaga keladi.
Shifokor Moiseyev o‘z xulosasida ta’kidlaydi: “Past harorat va kislotalikning birgalikdagi ta’siri tish emaliga zarar yetkazishi mumkin. Bunday holatlar tish-jag‘ tizimining umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.”
Shunday ekan, hatto jaziramali kunlarda ham sovuq ichimlik iste’molida me’yorni saqlash va tish salomatligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar