Tuya suti o‘zining betakror foydali xususiyatlari bilan qadimdan shifobaxsh ichimlik sifatida e’tirof etiladi. U juda to‘yimli, oziqaviy qiymati yuqori va eng muhimi, iste’mol qilish uchun to‘liq xavfsiz mahsulot hisoblanadi. Muttasil ravishda tuya sutidan foydalanadigan odamlar turli kasalliklarga kamroq chalinishi ilmiy jihatdan ham tasdiqlangan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tuya sut tarkibi inson ona suti bilan deyarli bir xil. Unda organizm uchun zarur bo‘lgan oqsillar, vitaminlar va minerallar mavjud bo‘lib, to‘yib ovqatlanmaydigan bolalar hamda kattalar sog‘lig‘i uchun ajoyib oziqaviy qo‘shimcha sifatida xizmat qiladi.
Aynan S vitamini miqdori tuya sutning asosiy ustunligi hisoblanadi. Ma’lumki, cho‘l hududlarida meva va sabzavotlar kam uchraydi, ammo tuya sutidagi S vitamini miqdori sigir sutidan uch barobar yuqori. Bu esa undan muntazam foydalangan odamning immun tizimini kuchli saqlashga yordam beradi.
Tabiblar tavsiyasiga ko‘ra, ertalab och qoringa taxminan 200 ml tuya sut ichish, ovqatdan yarim soat oldin yoki kun davomida yana 1–2 marta qabul qilish turli xastaliklarda samarali natija beradi. Shu bilan birga, shifobaxshlik xususiyatlari kuchayishi uchun undan foydalanish paytida yengil parhezga amal qilish tavsiya etiladi.
Tuya suti — sog‘lom turmush va mustahkam immunitet manbai
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar