12:05 / 05.04.2017
14 288

Oyparastlik irsiy kasallik ekanligi aniqlandi

Oyparastlik irsiy kasallik ekanligi aniqlandi
Kanadalik olimlar keng ko‘lamli tadqiqotlar natijasida oyparastlik (lunatizm) irsiy kasallik ekanligini aniqladi, deya xabar bermoqda «Nur.kz»ga asoslanib "Sof.uz" nashri.

Agar bolaning otasi yoki onasi uyqusida noodatiy xatti-harakatlarga moyil bo‘lsa, bolaning oyparast bo‘lishi ehtimoli oddiy ota-onalar farzandlariga nisbatan uch barobar yuqoridir. Agar ota-onaning har ikkisi ham somnambulizmdan azob cheksa, u holda bolaning bu kasallikni meros qilib olishi ehtimoli etti barobar yuqoridir.

Tadqiqotlar chog‘ida olimlar Kanadaning Kvebek provinsiyasida 1997—1998 yillarda tug‘ilgan 2000 nafar bola haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Ular ustidan 2 yildan 13 yilgacha, 2011 yilga qadar doimiy kuzatuv olib borildi.

Oiladagi kasalliklar tarixini o‘rganib, tadqiqotchilar ota-onasi oyparast bo‘lmagan bolalarning 22,5 foizi umrida bir marta bo‘lsa ham uyqusida turib yurganini aniqladi. Ota-onasidan biri oyparastlikdan azob chekuvchi bolalar orasida esa ushbu ko‘rsatkich 47,4 foizni tashkil etdi. Har ikkala ota-onasi somnambulizmga duchor bo‘lgan bolalarning 61,5 foizi bunday kasallikka moyil bo‘lib chiqdi.

Hozircha olimlar qaysi gen oyparastlik uchun javob berishini bilmaydi, biroq kasallikning irsiy ekanligi haqidagi ma’lumot ota-onalar uchun zarur va foydali ekanligiga ishonchi komil. Ular muntazam bo‘lmagan uyqu grafigi, to‘yib uxlamaslik, xonada shovqin bo‘lishi kabi bolalarda oyparastlik yuzaga kelishiga turtki bo‘luvchi omillardan farzandlarini himoya qilishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oyparastlik irsiy kasallik ekanligi aniqlandi