23:36 / 15.04.2017
65 673

Farzandingiz sog‘ligi uchun befarq bo‘lmasangiz, buni o‘qib chiqing

Farzandingiz sog‘ligi uchun befarq bo‘lmasangiz, buni o‘qib chiqing
Ko‘pchilik ota-ona, buvilar bolalarning kunduzi uxlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Mayli, uxlamasa uxlamasin, deyishadi. Bolalar bog‘chasida esa majburlab uxlatishadi.

Pediatrlar va bolalar nevropatologlari 5-6 yashar bola kunduzi kamida 1,5-2 soat uxlashi shart, degan fikrni aytadilar. Bola qanchalik yosh bo‘lsa, unda uyquga bo‘lgan ehtiyoj shunchalik kuchli bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bir kunda 19 soat, 3-5 oylik 17 soat, olti oylik 15 soat, 9-12 oylik 13 soat, 2-3 yashar 12,5 soat, 4-5 yashar 11,5 soat, 6 yashar bola 10 soat uxlashi kerak.

Bu bolaning sog‘lom o‘sishi uchun tabiatning o‘zi belgilab qo‘ygan zaruriyatdir. Bola yorug‘ dunyoga kelgan zahoti kun bilan tunni ajrata olmaydi, u bir sutkada 4 martadan 11 martagacha uxlaydi. 1,5 yashar bo‘lganda har 4,5 soatda 1,5-2 soat uxlatiladi. 3 yoshga to‘lguncha 2,5-3 soat, 4-6 yoshgacha 1,5-2 soat uxlaydi. Faqat 7 yoshga borib, bola organizmi tungi uyquga moslashadi.

7 yashar bola kechasi yaxshi uxlamagan bo‘lsa, maktabda toliqsa, shamollagan yoki holi qurigan bo‘lsa, uni kunduzi uxlatish kerak. Shunda quvvati tezroq asli holiga keladi. Demak, bola kunduzi, albatta, orom olgani ma’qul. Chunki bola kunduzi uxlaganida organizmdagi eng muhim bo‘lgan uyqu va tetiklik bioritmlarni tabiatning o‘zi bir maromda ishlatadi. Bola kunduzi uxlamasa, bioritmlar uyg‘un bo‘lmay qoladi. Natijada bola jahldor bo‘lib, tez toliqadi, asabiy-ruhiy va jismoniy rivojlanishi sekinlashadi, yaxshi o‘smaydi, immuniteti pasayib ketadi, tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Axir bolalar infeksiyalari juda tez yuqadi.

Bola kunduzi miriqib uxlaganda yangi bilimlarni yaxshi o‘zlashtiradi, ish sifati yaxshilanadi. Yoshligidan ko‘p narsalarni bilib olishi va eslab qolishi kerak. Qolaversa, kunduzi uxlasa, kechasi ham to‘yib dam oladi, ishonmaysizmi? Bolam kunduzi uxlasa, kechqurun vaqtli uxlamaydi, deb o‘ylaysiz. Lekin adashasiz. Tegishli vaqtda dam olmagan bola kechga borib bezovtalanadi, xohlasa ham, uxlashga qiynaladi. Kunduzi taassurotlarga to‘lib toshgan miya faoliyati kechasi ularni qayta ishlashga qiynaladi, binobarin, bola aloq-chaloq tushlar ko‘rib chiqadi.

Shaharda yashaydigan bolalar ko‘proq uxlashi kerak. Chunki mashinalarning shovqin-suroni, zararli chiqindilar bolaning asab tizimini zaharlaydi. Bir maromdagi hayotini izdan chiqaradi. Shuning uchun ular qishloq bolalariga qaraganda ko‘proq charchaydilar. Bola uxlab yotganda miyaning maxsus himoya oqsili ishlab chiqariladi, u esa miyani zo‘r keladigan narsalarga moslashtiradi.

Yaxshisi, 2,5 oygacha bo‘lgan chaqaloqlarni emizib bo‘lgan zahoti uxlating. 3 oylik bolani qorni to‘ygandan so‘ng 15-20 daqiqa o‘tgach, kattarog‘ini yarim yoki bir soatdan so‘ng uxlating.

1,5 yoshli bolani kunduzi faqat bir marta uxlating. Ozroq qaysarlik qiladiyu, lekin keyin ko‘nikib ketadi. Faqat har kuni ma’lum bir vaqtda, o‘rgangan joyida uxlagani ma’qul.

Tabiatning o‘zi shunday tartib o‘rnatganki, ayol kishi har 28 kunda hayz ko‘radi, shuning uchun bola qizaloq bo‘lsa, shu kunlar kelganda 2-4 kun vaqt ichida uxlashga qiynaladi. Uyqisi siyrak, injiq, bezovta bo‘lib qoladi. Masalan, o‘rniga yotishga hech ham ko‘nmasligi mumkin. Lekin baribir aldab-suldab uxlatish shart. Buni qarangki, katta qiz bo‘lganida hayz ko‘rishi qizaloqqa bolaligidan belgi berar ekan.

Bola 15-20 daqiqa yotsayu, lekin uyqusi kelmasa, mayli, turaqolsin, uxlamaydiganga o‘xshaydi, deb o‘ylamang. Bu fikringiz mutlaqo xato. Chunki u o‘rniga yotar ekan, dam oladi, ikkinchidan 1,5-3 yashar bola naqd bir soatda, 4-6 yashargacha 30 daqiqada uxlab qoladi. Eng qizig‘i shuki, mazasi qochib turgan bolaning uxlashiga ancha ko‘p vaqt ketadi.

Bolalar bog‘chasidagi uyqu

Bola kunduzi uxlashga ko‘proq bog‘cha sharoitida moslashadi, tarbiyachisiga, o‘rtoqlariga o‘rganadi. Chunki bola tengdoshlari bilan birga xuddi uyidagidek echinadi. Krovatda ular bilan ma’lum bir vaqtda gaplashib, o‘ynab-kulib ketadi. Bir oyda bir martami, ikki martami, bolani hayvonot bog‘iga yoki dalaga olib borsangiz, unda uxlamasa ham bo‘ladi. Ba’zi-ba’zida kun tartibini buzish bioritmlarni mashq qildiradi. Bu esa bola sog‘ligi uchun faqat foyda keltiradi, xolos.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Farzandingiz sog‘ligi uchun befarq bo‘lmasangiz, buni o‘qib chiqing