Qaysi mevalarni och qoringa yeyish tavsiya etilmaydi?

Mevalar organizm uchun foydali vitamin va minerallarga boy mahsulot hisoblanadi. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayrim mevalarni och qoringa iste’mol qilish oshqozon va ichak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Masalan, sitrus mevalari — apelsin, mandarin, limon va greypfrut tarkibida kislota miqdori yuqori bo‘lgani sabab och qoringa yeyilganda jig‘ildon qaynashi yoki oshqozonda achishish hissini keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Ayniqsa gastrit yoki oshqozon yarasi bilan bog‘liq muammosi bor insonlarga ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi.
Banan ham och qoringa ko‘p iste’mol qilinsa, organizmdagi magniy miqdorini keskin oshirib yuborishi mumkinligi aytiladi. Bu esa ayrim hollarda yurak-qon tomir tizimiga noqulay ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuningdek, xurmo va nok kabi mevalar tarkibidagi tolalar sabab och qoringa hazm tizimida og‘irlik hissi paydo bo‘lishi mumkin. Tarvuzni ham och qoringa ko‘p yeyish ayrim insonlarda ich ketishi yoki noqulaylik chaqirishi ehtimoldan xoli emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!