Konditsionerdan foydalanishda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xavfli xato

O‘zbekistonda bir erkak issiq havodan saqlanish maqsadida konditsionerning to‘g‘ridan to‘g‘ri havo oqimi ostida qariyb bir soat o‘tirganidan so‘ng yuzining bir tomonida karaxtlikni sezgan. Mutaxassislar bunday holat sovuq havo oqimining organizmga keskin ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Shifokorlarning aytishicha, yuz sohasidagi nervlarning sovqotishi ayrim hollarda yuz nervi falaji (Bell falaji) rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, kuchli va sovuq havo oqimi sinusit, mushaklar spazmi hamda bo‘yin va yelka sohasida og‘riqlarni ham keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Mutaxassislar, ayniqsa, yozning jazirama kunlarida konditsioner havo oqimini bevosita odamga qaratmaslikni tavsiya etadi. Qurilmani juda past haroratga qo‘yish ham organizm uchun noqulay oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Shu bois shifokorlar konditsioner haroratini +22...+24 °C atrofida saqlashni, xonadagi harorat bilan tashqi muhit o‘rtasidagi farqni keskin oshirmaslikni tavsiya qilmoqda. Agar sovuq havo ta’siridan keyin yuzda karaxtlik, mimika buzilishi yoki og‘riq kabi alomatlar paydo bo‘lsa, imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish zarurligi ta’kidlanmoqda.






























Izohlar 0
…