09:38 / 11.08.2017
11 826

Marokashlik olimlar chayon zahrini sog‘ib oladigan qurilma ixtiro qilishdi

Marokashlik olimlar chayon zahrini sog‘ib oladigan qurilma ixtiro qilishdi
Chayonning zahrini ajratib olish o‘ta xavfli ammo foydali yumush sanaladi. Insonni o‘ldirishga qodir zahar tarkibida tibbiyot sohasida foydalanish mumkin bo‘lgan yuzlab moddalar mavjud. Buning uchun zahar tarkibidagi moddalarni molekulalalarga ajratish kerak.

Sof.uz xabar berishicha, zaharni chayon va insonga zarar etkazmaydigan tarzda «sog‘ib olish» uchun Marokashdagi bir guruh olimlar ajoyib moslama o‘ylab topishgan. Chayonning dumiga kiydiriladigan qurilma orqali zaharni ajratib olish oson bo‘lishi uchun elektr kuchlanishidan foydalaniladi.

Moslamani masofadan turib boshqarish mumkinligi uchun zaharni inson hayotiga xavf tug‘dirmaydigan tarzda chayondan torti olish mumkin. Tadqiqotchilarning aytishicha, «chayon sog‘ish» biznesi ancha daromadli soha bo‘lishi mumkin. Chayon zaharining bir grammi o‘rtacha 8 ming dollardan sotiladi. Ayrim noyob chayonlarniki esa 12 ming dollargacha baholanishi mumkin.

“Eng muhim jihati shundaki, bu qurilma xavfsiz va tezkor usulda zahar olish imkonini beradi. Agar biz ilgari kuniga 10 ta chayondan zahar olgan bo‘lsak, bugun kuniga 150 tagacha chayonning zahrini olish imkoniga egamiz”, – deydi Kasablankadagi Hasan II nomidagi universitet tadqiqotchisi Muad Mukammal.

Olimlar ixtiro uchun patent olinishini kutishmoqda. Yaqin orada Marokashda yangi qurilma yordamida zahar ishlab chiqarish sanoati ish boshlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Marokashlik olimlar chayon zahrini sog‘ib oladigan qurilma ixtiro qilishdi