16:03 / 03.10.2017
10 174

Atir-upa salomatlik uchun xavfli ekan…

Atir-upa salomatlik uchun xavfli ekan…
Braziliyadagi Pernambuku federal universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlar atir-upa mahsulotlari inson salomatligi uchun o‘ta xavfli ekanini ko‘rsatib berdi.

Uzoq vaqt olib borilgan izlanishlardan keyin shu narsa ma’lum bo‘ldiki, atir-upadan doimiy tarzda foydalanuvchilar aksar holatlarda bosh og‘rig‘i, astma va badanga toshma toshishidan azoblanarkan. Ayniqsa, atir-upalar ko‘proq odamning migrenga yo‘liqishini kafolatlarkan.

Tadqiqotlar davomida atir, dezodarant va shu kabi parfyumeriya mahsulotlari foydalanishdan so‘ng 25 daqiqa o‘tgach, salbiy ta’sir eta boshlashi kuzatildi. Ya’ni, tadqiqotda ishtirok etgan ko‘ngillilar o‘zlarini yomon his eta boshlashdi. Ko‘pchiligi kuchli bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishga tushdi.

Olimlarning aytishiga ko‘ra, atir-upa jigarni ham ishdan chiqarishda faollik ko‘rsatarkan. Bunga atir tarkibidagi kimyoviy moddalar sababchi bo‘larkan.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Atir-upa salomatlik uchun xavfli ekan…