10:19 / 28.10.2017
10 361

Ko‘zlar salomatligi uchun 5 maslahat

Ko‘zlar salomatligi uchun 5 maslahat
Kun davomida ko‘zlarimizga katta og‘irlik tushadi. Ko‘rish qobiliyatini uzoq yillar davomida saqlab turish uchun ularni avaylashimiz kerak.

1. Ko‘zlar uchun mashqlar bajaring

Agar siz ko‘p vaqtingizni kompyuter ekrani qarshisida o‘tkazsangiz, unda balki ish kunining yarmida ko‘zlaringizda charchoqlik va quruqlik paydo bo‘lganini sezgandirsiz, chunki ekranga tikilish oqibatida biz ikki marta kamroq kiprik qoqamiz.

Ekran ko‘z sathidan biroz pastroqda va undan taxminan 60 sm uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Ekran yorug‘ligi ko‘zlaringizda aks etmasligi uchun antiblikli qoplamalardan foydalaning.

Har 20 daqiqada ko‘zlar uchun mashqlar bajaring. Buning uchun 20 soniya davomida kompyuterdan taxminan 6 metrcha narida joylashgan biron narsaga tikilib turing.

2. Har doim quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynakdan foydalaning

Ultrabinafsha nurlar nafaqat teri uchun, balki ko‘zlar uchun ham zararlidir. U katarakta, ko‘z muguz pardasining kuyishi va hatto qovoq saratonini ham keltirib chiqarishi mumkin.

Ultrabinafsha nurlarining zararli ta’sirlaridan ko‘zlarni himoya qilish uchun har qanday ob-havoda ham quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar taqish kerak.

3. Yurak va ko‘zlar uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling

Qon aylanishini yaxshilovchi oziq-ovqatlar sizning yuragingiz va ko‘zlaringizning salomatligini ta’minlaydi. Ularga sitruslilar, ko‘katlar va yormalar kiradi. Ultrabinafsha nurlaridan zararlanishning oldini olishda tarkibida rux moddasi miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar: loviya, no‘xat, yong‘oqlar, ustritsa, yog‘siz go‘sht yoki parranda go‘shti yordam beradi.

Ko‘rish qobiliyati uchun sabzi va boshqa sariq sabzavotlar tarkibida uchraydigan beta-karotin juda foydalidir. Organizmda beta-karotin A vitamini yordamida ishlab chiqariladi, uning yetishmasligi ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

4. Ko‘zdagi og‘riqlarga beparvo bo‘lmang

Qizarish va qichishishni davolashga sovuq kompress, antigistaminli vositalar yoki tomchilar yordam beradi. Agar ko‘zingizga qo‘m kirgandek holatni his qilsangiz, ko‘zlaringizni sovuq suv bilan yuving.

5. Salomatligingizning umumiy holatiga e’tibor bering

Ko‘rish qobiliyatiga aloqasi bo‘lmagan turli xil kasalliklar ko‘zlarning zararlanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, yuqori qon bosimi yoki qandli diabet ko‘zlarga qon kelib tushishini qisqartiradi. Immun tizimining buzilishi ham ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ayniqsa agar sizda qandaydir jiddiy kasallik bo‘lsa, ko‘zlar salomatligini diqqat bilan kuzatishingiz zarur.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘zlar salomatligi uchun 5 maslahat