Moliyaviy qiyinchiliklar insonlarda kuchli stressni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida infarkt xavfini 13 martaga oshiradi. Bu haqda «RIA Novosti»ga asoslanib, «Daryo» xabar bermoqda.
Tadqiqotchilar Yoxannesburgdagi kasalxonalardan birida 106 nafar o‘tkir miokard infarktiga chalingan kishi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
So‘rovnoma ishtirokchilaridan ular kasallikka chalingunigacha bo‘lgan bir oy ichida ish faoliyati yoki moliyaviy muammolar bilan bog‘liq stress yoki asabbuzarliklarni boshdan kechirgani haqida so‘raldi.
Shu bilan birga olimlar xuddi shuncha nafar infarktga chalinmagan insonlarni ham so‘roqqa tutdi.
Olimlarning aniqlashicha, moliyaviy muammolar yoki ish bilan bog‘liq stress miokard infarktiga chalinish xavfini oshirgan.
Ish faoliyatida o‘rtacha yoki jiddiy stressni boshdan kechirayotgan insonlarda infarktga chalinish xavfi bunday zo‘riqishni boshdan kechirmagan insonlarga nisbatan 5,6 marta yuqoriroq ekan.
Muntazam ravishda moliyaviy qiyinchiliklar girdobida yashovchi insonlarning infarktga chalinishga moyilligi 13 martaga ko‘proq ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi