
Gruziyalik shifokorlar hamkasblari tomonidan chorak ase avval bemor ayol qornida unutib qoldirilgan pinsetni operatsiya yo’li bilan olib tashladilar.
Xabarda aytilishicha, ayol shifoxonaga mutlaqo boshqa mazmundagi shikoyat bilan kelgan.
Shifoxona onkoxirurgi Irakliy Toduaning aytishicha, pinset operatsiya oldidan o’tkazilgan kompyuter tomografiyasi jarayonida topib olingan. Ayol esa shifoxonaga o’t qopiga oid shikoyatlar bilan kelgan.
Ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda. Shifokorlar esa ushbu hodisada hayratlanarli jihat yo’qlishi, pinsetni umuman olib tashlamaslik ham mumkin bo’lganini qo’shimcha qilganlar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar