
O’z bemorlarining jigaridagi qon tomirlarini kuydirib, chandiqlar bilan o’z ismining bosh harfini hosil qiladigan britaniyalik jarroh turmadan chiqdi. Saymon Bremxoll o’z aybini tan olgan va unga 10 ming funt hamda 10 yillik jamoat ishlari jazosi belgilangan.
Xabarda aytilishicha, jarroh operatsiyalar chog’ida bemorning qon tomirlarini shunday usulda kuydirganki, hosil bo’lajak chandiqlar shifokor ismining bosh harfini hosil qilgan.
Jarrohning qilmishi bemorlardan birining jigari bilan bog’liq muammolar yuzaga kelgan paytda boshqa bir jarroh Bremxoll monogrammasini ko’rib qolgandan keyin ochilgan edi. jarrohning advokatlari shifokor bu usul bilan hamshiralar kayfiyatini ko’targani haqida aytishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar