23:31 / 24.01.2018
8 668

Haqiqatdan ham insonlar fikr kuchi bilan kasalliklarni yenga oladilarmi?

Ҳақиқатдан ҳам инсонлар фикр кучи билан касалликларни енга оладиларми?
Odatda bemorlarga dori deb oddiy vitamin tabletkalarni bersangiz ham sog‘ayishni boshlaydilar. Albatta, ulardagi ishonch sabab bunga. 18-80 % bemorlarda shunday davo usul natijasi o‘laroq o‘zlari tuzalib ketmoqdalar.

Bunda ular o‘zlarini yaxshi his qiladilar, sog‘ayotganlarini his qiladilar. Shifokorlar plasebo tabletkalarini qabul qilayotgan bemorlardagi kuzatuv natijasida tuzalish jarayonining harakati bosqichlarini aniqlay ham olishgan.

Oshqozondagi yaralar bitishni boshlagan, ichaklardagi yallig‘lanish darajasi pasayib, bronixollar kengayib, terining mikroskop ostidagi ko‘rinishi ham o‘zgargan.

Bu shunchalar oddiy narsaki, murakkabliklar ichra yashayotgan hozirgi zamon odamlari ishonishlari juda qiyinlashib bormoqda!

Rogeynning tajribasi juda yoqimli, sochlari to‘kilib ketgan bemorlarga soch o‘stiruvchi vosita deya plasebo tabletkalari beriladi, natijada ularning sochlari o‘sa boshlagan. Yoki aksincha, kimyoviy davolash deya berilgan plasebolarni qabul qilganlarning sochlari to‘kila boshlagan. Bu kabi tajribalar juda ko‘plab o‘tkazilgan, biroq natija o‘sha-o‘sha.

Birgina istisno holat mavjud- u ham bo‘lsa har bir inson alohida takrorlanmas mavjudligidir.Ya’ni har bir bemorga alohida yondashuv zarurligidir. Ba’zi insonlar faqatgina ishonchning o‘zi bilan tuzalib ketmaganlar, ularga yana qo‘shimcha kuchlar kerak. Bu xususida Garvard universiteti olimi Ted Kaptchukning ta’kidlashicha, ba’zida bemorga uni davolayotgan shifokorning ham ishonchi kerak bo‘ladi. Atrofdagilar uning tuzalayotganini aytib, yanada ishonchini mustahkamlaydilar. Shifokorlar shuning uchun ham achchiq haqiqatni aytishdan ko‘ra bemorni tuzalishlariga ishonch bildiradilar.

O‘z-o‘zini tuzatish mexanizmining dori zaxirasi bormi?
Inson to‘g‘ri va vitaminlarga boy ovqatlanishi, sport bilan shug‘ullanishi, doimo shifokor ko‘rigidan o‘tib turishi kerak. Bu yaxshi, biroq bu yetarli emas. Organizmga sog‘lom dunyoqarash, chor- atrofga sog‘lom munosabat kerak. Inson baxtni his etishi, undan zavqlanishi kerak! U mehr – muhabbatni his etishi kerak. E’tibor berganmisiz ko‘pchilik tor fe’l doimiy darg‘azablik, asabiylik kabi salbiy vaziyatga duch kelish insonlarni juda ko‘p va odatda og‘ir xastaliklarga duchor qiladi. Yurakni keng qilaylik!

Uchinchi ko‘z
Ko‘pgina holatlarda uchinchi ko‘z iborasi bashoratchi, ekstrasens insonlarda mavjud deb bilamiz, ammo bu bizning eng katta xatoyimiz! Nega deyapsizmi? O‘ylab ko‘ring, har bir inson alohida bir olam, uning o‘ziga xos tanasi, xarakteri, odatlari, o‘z fikri mavjud. Yaratgan har kimni o‘z uchinchi ko‘zi ya’ni qalb ko‘zi bilan siylagan. Balki hammamiz ham ekstrasens emasdirmiz, lekin ko‘nglimizga quloq tutib, yoki unga qarshi borib ish qilamiz. Shunday ekan, o‘z qalbimizga quloq tutmog‘imiz kerak.

Muloqot doiramizning kengligi
Odamlarga qo‘shilib, ko‘pchilik ichida yuruvchi faol insonlar yolg‘izlikdagi insonlarga nisbatan kamroq kasallanadilar. Turmush qurgan insonlar ham yolg‘iz bo‘ydoqlarga nisbatan ikki hissa ko‘proq umr ko‘rishlari tasdiqlangan. Keling, o‘zimizni yogl’izlik bilan jazolamaylik, axir diydor g‘animat!

Sog‘lom ruhiyat
Ruhiyatga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi voqea- hodisalardan hech kim sug‘urtalanmagan, shunday ekan sog‘lom ruhiyatimiz eng yaxshi qalqonimizdir!

Ish faoliyati
Bu juda muhim omil! Yaponiyada odatda odamlar ish joylarida ishlab turib vafot etadilar. Bu karoshi sindromi deb yuritiladi. Dam olish kunlarisiz ishlovchi insonlar boshqalarga nisbatan uch marta ko‘p yurak xastaliklari bilan og‘riydilar.

Hayotga bo‘lgan munosabat
Baxtli insonlar baxtsiz insonlarga nisbatan 7-10 yil ko‘proq umr ko‘radilar. Optimistlarning yurak xastaligi bilan og‘rish holatlari pissimistlarga nisbatan 77% kam.

Tanani xasta qilish mexanizmi qanday ishlaydi?
Miya tana hujayralari bilan garmonlar va neyrotrensmettorlar yordamida aloqa qiladi. Noxush xayollarni u xavf deya qabul qiladi.

Siz yolg‘izsiz, pessimistsiz, ishda va oilada muammolar bor…. Organizm «xavf» signalini bosh miyaga yuboradi. Gipotalamus ishga tushadi, keyin gipofez ular buyrak osti bezlari bilan xabarlashgach stress garmonlari – kortizol, noradrenalin, adrenalin qonga chiqariladi. Garvard universiteti olimi Uolter Kennet bu holatni «stress jarayoni» deb ataydi.

Bu nerv sistemasi «Ur yoki Qoch» buyrug‘I bilan qanoatlantiradi. Bu odatda it quvlagan yoki biz biror nimadan qo‘rqib ketgan holatda yuzaga keladi. Bu aslida shunday holatlar uchun biroq inson odatdagidek istalgan payt o‘z-o‘zini stress holatiga solaveradi.

Baxtimiz bo‘lgan asosiy jarayon! Buni Garvard Universiteti olimi Gerbert Benson shunday izohlagan, Miya tanani davolovchi – oksitotsinom, dopaminom, azot oksidi, endoformin garmonlari bilan to‘yintiradi. Ular butun tanani egallab, har bir hujayrani tozalaydi. Eng hayratlanarli tomoni shundaki, bu jarayon inson nervlari bo‘shashganda yuz beradi.

Biroq stress holatida organizm qochishi yoxud kurashishi kerak, o‘z- o‘zini davolay olmaydi.

Yuqoridagi ma’lumotni o‘qib, qanday qilib bu ikkisining o‘rtasida balans ushlash mumkin degan savol tug‘ilishi tabiiy. Statistik ma’lumotlarga qaraganda inson kun davomida o‘rtacha 50 marta stressli holatlar bilan yuzma-yuz kelar ekan. Agar siz yolg‘izlikdan azob chekayotgan, buning ustiga yan muammolaringiz bo‘lsa, bosim ikki yoki uch barobargacha ortadi.

Xullas, plasebo tabletkasini barcha kasalliklarni davolay oladi degan ishonch bilan qabul qilmoqdasiz, shifokoringiz sizga tuzalayotganingizni ta’kidlab, qo‘llab –quvvatlamoqda. Bu asab sistemasini bo‘shashtiradi. Mana aynan shu payt organizmning mo‘’jizaviy o‘z- o‘zini davolash mexanizmi ishga tushadi.

Bu mexanizmni ishga tushirishga yordam beruvchi birnecha omillarni keltiramiz:

*Meditatsiya
*Massaj
*Do‘stlar bilan sayr
*Sevimli ish bilan shug‘ullanish
*Suyukli insonlar davrasida bo‘lish

Eng asosiy omil, qalban xotirjamlikni yo‘qotmaslikdir! Inson butun borliqning eng mukammal mavjudligidir.
Ziyoda Ziyayeva tayyorladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Haqiqatdan ham insonlar fikr kuchi bilan kasalliklarni yenga oladilarmi?