Olimlar ona bo‘lishni rejalashtirgan ayollarda yod taqchilligi bilan bog‘liq yangi muammoni aniqladi.
Amerikalik tadqiqotchilar shunday xulosaga keldiki – homilador bo‘lishni rejalashtirgan ayol organizmida yod yetishmasligi bola tug‘ish rejasining amalga oshmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Olimlar to‘rt yil davomida farzand ko‘rishga uringan juftliklarning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. O‘rganish davomida ayollarning ko‘pchiligida yod miqdori kam ekanligi ma’lum bo‘ldi. 55% ayollarda u yetarli ekanligi, 21% ida mo‘’tadil tanqislik, 20% ida – o‘rtacha, 1,7% ayollarda esa og‘ir tanqislik holati aniqlandi.
Shifokorlar ota-ona bo‘lishni istovchi juftliklarni organizmdagi kasalliklarni aniqlash masalasiga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Shu jumladan, organizmda yod bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun endokrinolog qabuliga borishni tavsiya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar