date

Avtohalokatlarda ayollar erkaklarga qaraganda 1,6 barobar ko‘proq jarohat oladi

Avtohalokatlarda ayollar erkaklarga qaraganda 1,6 barobar ko‘proq jarohat oladi

Grats texnika universiteti (TU Graz) Transport xavfsizligi instituti tadqiqotchilari zamonaviy avtomobillar xavfsizlik darajasi oshganiga qaramay, ayollar avtohalokatlarda erkaklarga nisbatan jiddiyroq jarohat olishini aniqladilar. Avstriyada 2012–2024-yillar oralig‘ida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bir xil sharoitdagi avariyada ayollarning jarohat olish xavfi erkaklarnikiga qaraganda o‘rtacha 1,6 barobar yuqori. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tadqiqot rahbari Korina Klugning taʼkidlashicha, ayollar ko‘krak qafasi, umurtqa pog‘onasi hamda qo‘l va oyoq sohalarida ko‘proq shikastlanishadi. Ayniqsa, 50 yoshdan oshgan ayollar uchun past tezlikdagi to‘qnashuvlar ham o‘ta xavfli bo‘lib, ularda og‘ir jarohat olish yoki halok bo‘lish ehtimoli erkaklarnikidan ikki barobar ko‘pdir.

Olimlar virtual biomexanik modellar yordamida avariyalar jarayonini qayta tiklab, o‘rindiq holati xavfsizlikka qanday taʼsir qilishini o‘rgandilar. Maʼlum bo‘lishicha, zamonaviy xavfsizlik kamarlari va yostiqchalari ko‘pincha yo‘lovchilarning, xususan, ayollarning o‘ziga xos tana tuzilishi va o‘rindiqning nostandart holatlariga moslashtirilmagan.

Muammoning tub ildizi avtomobil krash-testlarining tarixiga borib taqaladi. O‘nlab yillar davomida xavfsizlik standartlari faqat "o‘rtacha erkak" ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan. Hatto "ayollar" uchun mo‘ljallangan manekenlar ham aslida erkaklar modelining kichraytirilgan nusxasi bo‘lib, ular ayollarning anatomik xususiyatlarini, masalan, tos suyagi kengligi yoki yelka geometriyasini to‘liq hisobga olmaydi.

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, ayollar shunchaki "kichik erkaklar" emas, shuning uchun universal modellar xavfsizlikni baholashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymoqda. Hozirgi kunda ayollar anatomiyasiga moslashtirilgan maxsus manekenlar faqat orqa tomondan urilish sinovlarida qo‘llaniladi, biroq ular ham hali keng ommalashmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Avtohalokatlarda ayollar erkaklarga qaraganda 1,6 barobar ko‘proq jarohat oladi