— Odam organizmining 75 foizini suv tashkil etadi — deydi poytaxtimizdagi 23-oilaviy poliklinika umumiy amaliyot shifokori Dilfuza OCHILOVA.
— Tana a’zolaridan miyaning 85, yurakning 71, buyrakning 82, jigarning 70, o‘pkaning 80 foizi suvdan iborat. Shundan ham suvning xuddi havodek tanamizga zarur ekanini bilish mumkin. Ko‘pchilik kuniga qancha toza suv ichish kerakligini bilmaydi. Ya’ni, bu har kimniki alohida bo‘ladi, degani. Negaki, kimningdir bo‘yi baland, birov pakana, ba’zilar semiz, boshqasi ozg‘in. Buni bilish uchun tana og‘rligini 30 ga ko‘paytirish kerak. Masalan, tana og‘irligingiz 50 kilogramm. 50 x 30 = 1500. Demak, siz uchun bir kunlik me’yor bir yarim litr. Ayrimlar organizmga shuncha suv nima uchun lozim, deb o‘ylashi mumkin.
Birinchidan, suv organizmni zaharli toksinlar va ichaklardagi shilliqlardan tozalaydi.
Ertalab uyqudan turgach, bir stakan iliq suv ichishni odat qilsangiz, u saraton, diabet, artrit, ko‘ksov, sil va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarning oldini oladi.
Ikkinchidan, ozishga yordam berib, vaznni bir ko‘rsatkichda tutib turadi.
Uchinchidan, quvvat, tetiklik, yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.
To‘rtinchidan, qarish jarayonini sekinlashtiradi va yosh ko‘rinishga yordam beradi.
Albatta, bunda suv ichish tartibiga rioya etish ham zarur. Buning uchun ertalab bir stakandan uch stakangacha iliq suv tavsiya etiladi. Sovuq suv ichmang, chunki u spazm, ya’ni ichaklarning qisilishiga olib keladi. Suv ichgandan so‘ng, albatta, qirq daqiqa vaqt o‘tishi kerak. Chunki shu vaqt orasida suv organizmdagi zaharlarni yuvib ketadi. Nonushta yoki ovqatdan so‘ng ikki soat davomida suv ichmaslik kerak. Eng asosiysi, birdaniga ko‘p suv ichmang. Miqdorini asta-sekin ko‘paytirib borish lozim. Bir hafta davomida hammasini me’yorida ushlasangiz, organizmning o‘zi bu tartibga o‘rganib qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?