Sayyor nervning muzlatilishi ishtaha pasayishiga olib keladi va ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam beradi, deya aniqlashdi amerikalik olimlar guruhi. Bu haqida Intervension radiologiya jamiyatining jurnalida ma’lum qilindi, deb yozadi Kun nashri.
Buffalo (Nyu-York shtati)dagi Emori Universiteti Tibbiyot maktabi va Pensilvaniya shtati Universiteti Tibbiyot markazi xodimlari birinchi va ikkinchi darajali semizlikdan aziyat chekuvchi o‘n bemor ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi.
Ularning har biriga miyaga ochlik haqidagi signalni yo‘llovchi sayyor nervning orqa tanasini muzlatish muolajasi o‘tkazildi. Bemorlarga tibbiyot ignalari sanchildi va kriogen argon yordamida nervning muayyan qismi muzlatildi. Shundan keyin olimlar 90 kun davomida ularning ahvolini kuzatishdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tajribaning barcha ishtirokchilari ishtaha pasayishini qayd etishgan. Bemorlar vazni 3,6 foizga kamaygan, tana indeksining ortiqcha ko‘rsatkichlari esa 14 foizga pasaygan.
Sayyor nerv muzlatilganidan keyin hech qanday salbiy asorat va ta’sirlar kuzatilmagan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, muolaja xavfsiz hisoblanib, real natijalar beradi.
“Tibbiy adabiyotlarning ko‘rsatishicha, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga oid dasturlarning aksariyati muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqadi, ayniqsa odamlar taom iste’molini kamaytirishga harakat qilishayotganida”, - deydi tadqiqotning bosh muallifi Devid Prologo.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tadqiqot bo‘sh oshqozon miyaga uzatuvchi signalni kamaytirishga yo‘naltirilgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ushbu izlanish dastlabki bo‘lib, keyinchalik ko‘proq bemorlar ishtrokidagi sinovlarni talab qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi