O‘simliklardan qay birini olmaylik, barida inson salomatligini tiklash uchun kerakli birikmalar, vitamin va minerallar bisyor. Ko‘pchilik o‘tkir hidi uchun xushlamaydigan, ammo kerak paytda darrov murojaat qiladigan sarimsoqpiyoz ham foydali moddalar xazinasi hisoblanadi. Sarimsoqpiyozning qay kasalliklarda davo bo‘lishi, qaysi holatlarda esa zarar qilishi haqida Namangan shahar «Xalq tabobati markazi» tabibi, shifokor-terapevt Abduhalil BANNAYeV ma’lumot beradi.
Hamma uchun birdek foydali!
Sarimsoqpiyoz erkaklar jinsiy salomatligi uchun juda asqatadi. Uning iste’moli erkak qonidagi testosteron darajasi doim yuqori bo‘lishiga xizmat qiladi. Tarkibidagi selen esa erlik urug‘ining ko‘payishiga yordam beradi.
Sarimsoqpiyozning sport bilan shug‘ullangan paytda yordami beqiyos. Chunki u qorin, bel sohasidagi yog‘ qatlamini tezroq yo‘qotib, mushaklarni kuchaytiradi.
Tarkibida biologik faol moddalari ko‘pligi bois, sarimsoqpiyoz saraton hujayralarini yo‘qotish kuchiga ega. Shu bois, bachadondagi har xil shish, o‘simta, polip, kista, eroziyalarning xafvli o‘smalarga aylanib ketmasligi uchun ayollarimiz ham ushbu o‘simlikni taomnomalariga doim qo‘shishlari kerak. Kaliy, kalsiy va foliy kislotasiga nihoyatda boy bo‘lgani uchun homiladorlikning ilk pallasida yangi chiqqan sarimsoqpiyozni ko‘proq yeyish tavsiya etiladi. Kalsiyga boyligi esa 50 dan keyin ayollarda ko‘p kuzatiladigan osteoartroz, osteoporozning oldini oladi.
Sarimsoqpiyozning o‘tkir hididan cho‘chisangiz, dorixonada sotiladigan tayyor sarimsoqpiyozli kapsulalardan foydalaning. Yoki sarimsoq yegandan keyin ortidan bir piyola sut ichsangiz, hididan xalos bo‘lasiz.
Gijjaga qarshi
Sarimsoqpiyozni mayda to‘g‘rab, hididan nafas olganingizning o‘zidayoq gijjalardan xalos bo‘la boshlaysiz. Davolanish samarali bo‘lishi uchun yarim piyola sutga 1 choy qoshiq maydalangan sarimsoqpiyoz qo‘shib qaynatiladi. Bu aralashmani nahorga, uch kun iching. Muolaja vaqti shirinlik yemang. Uch kundan so‘ng yotishdn oldin 4–6 ta tabletka miqdorida faollashtirilgan ko‘mir ichib, organizmni gijja qoldiqlaridan batamom tozalashga erishasiz. Aks holda bosh og‘rig‘i, yomon kayfiyat, mushak va suyak zirillashi kabi noxush alomatlarni orttirib olishingiz mumkin-da.
Shamollash, bronxit, zotiljamda…
Sarimsoqpiyozni toza tovada qizartirib qovurib, dumba yog‘i bilan aralashtirib, ko‘krak qafasi va tovonlarni ishqalab surtish uchun foydalaniladi. Aralashma juda tez, 2 kundayoq yordam beradi.
Jigar kasalliklarida
5 bosh sarimsoqpiyoz va 5 dona limonni po‘sti bilan go‘shtqiymalagichdan chiqarib, ustiga 1 litr sovuq suv quying-da, qaynatib oling. Aralashma 1 osh qoshiqdan asal qo‘shib, ovqatdan oldin qabul qilinadi. Limon va sarimsoqpiyozli aralashma jigarni yog‘ bosishi, qandli diabet, qonni tozalash, sariq kasalidan keyin, o‘t pufagi muammolari, semizlik, antibiotik va gormonal dorilarning zararini kesishda foyda beradi.
Uzoq umr ko‘rish uchun
Xitoyliklar orasida har kuni nahorga 1 bo‘lak sarimsoqpiyozni so‘rish odat tusiga kirgan. Bunda organizm zaharli xiltlar, ortiqcha xolesterindan tozalanib, yosharadi. Buning uchun bir bo‘lakcha sarimsoqpiyozni maydalab, aralashmani til ostiga qo‘yib yarim soat shimib yuriladi. Keyin tuflab tashlab, og‘iz qaynatilgan suvda chayiladi.
Zarari ham bor
Sarimsoqpiyoz qon bosimi ko‘tarilib-tushadigan, epilepsiya, bavosir qo‘zg‘agan payti, kamqonlik, emizikli ayollar, oshqozon-ichak kasalliklari, jigar yallig‘lanishi, buyrak og‘riganda tavsiya etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi