2018 yil 1 noyabrdan boshlab shifokorlar tarkibida tibbiy marixuana bo‘lgan dorilar uchun retsept yozishlari mumkin. Bu haqda "PharmaTimes"ga tayanib Turon24 AA xabar bermoqda.
Tibbiy marixuananing sotib olinishi faqat retsept asosida amalga oshiriladi. Retsept boshqa dori-darmonlar samarasiz bo‘lgan holatlardagina ba’zi mutaxassislar tomonidan berilishi mumkin. Maishiy marixuana iste’moli qonuniylashtirilmaydi.
Endilikda britaniyalik shifokorlarga bemorga zarur muolajani belgilash uchun maxsus ekspert komissiyasidan ruxsatnoma kerak bo‘lmaydi. Chunki qonunga ko‘ra, marixuana asosida tayyorlanadigan dori-darmonlarga cheklov belgilanmagan va davolashning yangi imkoniyatlaridan turli kasalliklarga duchor bo‘lgan bemorlar foydalana oladi.
Bugungi kunda britaniyalik shifokorlar bemorlarga tarkibida kannabinoidlar bo‘lgan dori vositalarini tavsiya qilishga haqli. Bu turdagi o‘simlikdan tayyorlangan har qanday dori vositasini tayinlash huquqi faqatgina Bosh tibbiy kengashning malakali mutaxassislariga berilgan.
Avvalroq marixuana taqiqlangan narkotik moddalarning "B" qatoriga kirar va uni saqlash taqiqlangan edi. Takroriy huquqbuzarlik uchun besh yilgacha qamoq jazosi belgilangandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi