14:26 / 05.12.2018
18 256

Guruch qimmatbaho dorilar o‘rnini bemalol bosa oladi

Guruch qimmatbaho dorilar o‘rnini bemalol bosa oladi
Guruch tarkibidagi foydali moddalar Mendeleyev jadvalining naq o‘zini takrorlaydi. U, ayniqsa, kaliy moddasiga boy. Kaliy organizmga ovqat bilan birga tushgan tuzning zararli ta’sirini kamaytiradi, yurak, qon-tomirlar ishini yaxshilaydi, asab tizimini tinchlantiradi.

Bundan tashqari, unda suyaklarning mustahkamligini ta’minlovchi kalsiy, fosfor, temir, asab tizimi uchun muhim bo‘lgan ruh, yod, mis, selen hamda marganets moddalari mavjud. Vitaminlardan A, S, Ye, RR, V guruhdagilari bisyor. Ma’lumki, V guruhga mansub darmondorilar asab tizimini yaxshilaydi, soch va tirnoqlarning mustahkamligini ta’minlaydi. Unda organizm uchun zarur bo‘lgan sakkiz xildagi aminokislotalar mavjud. Boshqa boshoqli o‘simliklardan farqli ravishda, guruch tarkibida glyuten moddasi yo‘q. Glyuten – ba’zi insonlarda allergik ta’sir keltirib chiqarishi aniqlangan.

Guruchni oshqozon-ichak xastalik­lariga chalingan bemorlar xotirjam iste’mol qilishlari mumkin. Gastrit, oshqozon-ichak va o‘n ikki barmoq yarasidan aziyat chekadiganlar uchun ham foydali. Uning qaynatmasi diareya (ichketar), dizenteriya (ichburug‘) kasalliklarida yaxshi yordam beradi, kepagi qaynatib ichilsa ichak saratonining oldini oladi.

Tabobatda guruch angina, gripp, zotiljam kabi kasalliklarni davolashda terlatuvchi, organizmdan zaharli xiltlarni chiqaruvchi, isitmada tana haroratini pasaytiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Buning uchun yarim piyola guruchga bir yarim piyola sovuq suv quyib, 1–2 yaproq qalampir, yalpiz, bir dona mayda to‘g‘ralgan oq piyoz qo‘shiladi va past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. Bu damlamani ichgan bemor ma’lum vaqt qalin o‘ranib yotishi kerak.

Guruchli un yordamida sepkil va qora dog‘larni yo‘qotish mumkin. Buning uchun qovun sharbatiga guruch unidan qo‘shib aralashtiriladi va har kuni kechqurun yuz terisiga surtiladi. Tananing lat yegan, shishgan, hasharot chaqqan joylariga guruch unini tibbiy spirt bilan aralashtirib qo‘yiladi. Guruch ishtaha ochuvchi, chanqoq qoldiruvchi ta’sirga ham ega. Damlamasi buyrak va siydik pufagi muammolarida qo‘l keladi.

Sharq tabiblarining fikricha, tovonlarning terisi dag‘allashib, tez-tez qadoqlar paydo bo‘lishi – umurtqa pog‘onasining u yoki bu qismida tuz yig‘ilishidan darak ekan. Osteoxondroz kasalligidan ko‘pchilik aziyat chekadi. Bunday holda kimmatbaho dorilar o‘rnini deyarli har kuni iste’mol qilinadigan guruch mahsuloti bemalol bosar ekan.

Necha yoshda bo‘lsangiz, aynan shuncha oshqoshiq guruchni uch litrli bankaga solib ustiga oldindan qaynatib sovutilgan suv quyiladi va muzlatkichga qo‘yiladi. Har kuni nonushtaga bir oshqoshiq guruch olib suvda pishirib iste’mol qilasiz. Muolajaning bir sharti bor: guruchli bo‘tqani ertalabki soat yettigacha tanovul qilish va ikki soatgacha hech narsa yemaslik lozim. Mazkur muolajaning yoshartiruvchi xususiyati ham bor.

Bir piyola miqdordagi guruch to‘rt kun davomida sovuq suvga ivitib qo‘yiladi (suv har kuni almashtirib turiladi). Beshinchi kuni guruchni olib bo‘tqa holiga kelgunicha eziladi. Ustiga yarim stakan sovuq suv quyiladi, besh daqiqa tindirgandan keyin 2–3 marta chayiladi. Chayilgan suvni tindirib, idish tagida qolgan oq qatlam likopchaga solib quritiladi. Natijada guruchli upa tayyor bo‘ladi. Bu husnbuzar toshganda, mayda ajinlarda chandiqli terini parvarishlash uchun tavsiya etiladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Guruch qimmatbaho dorilar o‘rnini bemalol bosa oladi