09:26 / 20.12.2018
8 948

Masofadan boshqarish mumkin bo‘lgan “aqlli” tabletka yaratildi

Masofadan boshqarish mumkin bo‘lgan “aqlli” tabletka yaratildi
AQShdagi Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari tanani zarur dori-darmon bilan ta’minlaydigan va hatto organizm holatini ma’lum darajada tahlil qiladigan “aqlli” tabletkani yaratishdi.

Bunday imkoniyat uzoq muddatli davolash talab etiladigan hollarda qo‘llanadi. Tabletka ko‘p qavatli 3D-printeri yordamidan tayyorlangan bo‘lib, bu uning oshqozonda bosqichma-bosqich erishiga yordam beradi. Uning ichki qismini zarur dori bilan to‘ldirish mumkin. Maxsus datchiklar esa barcha ma’lumotlarni "bluetooth" orqali foydalanuvchi gadjetiga o‘rnatilgan dasturga yuboradi. Ushbu dastur yordamida tabletkaning keyingi harakatlarini o‘zgartirish ham mumkin.

Nojo‘ya ta’sirlarning oldini olish maqsadida qurilma simsiz signal orqali o‘zini o‘zi yo‘q qilish funksiyasi bilan ham ta’minlangan. Bu esa uni uchinchi tomonning ulanib olishidan himoya qiladi va deyarli to‘liq xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlaydi.

Hozircha ushbu tabletka odamlarda sinovdan o‘tkazilmadi. Birinchi tajribalar oshqozon-ichak traktini takrorlaydigan maxsus maketda o‘tkazildi. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya ikki yil ichida barcha nozik jihatlarini hisobga olgan holda yakuniga yetkaziladi va odamlarda sinovdan o‘tkazishga tayyor bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Masofadan boshqarish mumkin bo‘lgan “aqlli” tabletka yaratildi