07:00 / 01.01.2019
10 889

Endi tez tibbiy yordam xizmatida aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi

Endi tez tibbiy yordam xizmatida aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi
Sir emaski, ilgari shoshilinch tibbiy yordamga mo‘ljallangan avtotransportlar hatto 10-12 yillab ishlatilardi. Oqibatda manzilga o‘z vaqtida yetib borish, bemorni tibbiyot muassasasiga yetkazish kabi vazifalarni bajarishda muammolar kuzatilardi, deyiladi O‘zA xabarida.

Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida oxirgi ikki yil ichida O‘zbekiston miqyosida 1450 ta yangi avtotransport sog‘liqni saqlash tizimiga ajratildi. 91 ta Nissan, 140 ta Hyundai, shuningdek, gumanitar yordam sifatida esa joylarga 50 ta Toyota yetkazib berildi. 231 ta tez yordam mashinasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.

Tez tibbiy yordam xizmatini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uch barobarga oshdi. Ya’ni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 so‘m miqdorida belgilandi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 748 so‘mni, 2017 yilda 1627 so‘mni tashkil etardi.

Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi. 2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi hamda tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlandi. Tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan jihozlash ham ko‘zda tutilgan. Ular amalga oshirila boshlangach sohada xizmat ko‘rsatish yangi bosqichga ko‘tariladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi tez tibbiy yordam xizmatida aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi