06:27 / 24.01.2019
14 581

O‘zbekistonda sun’iy urug‘lantirishga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda sun’iy urug‘lantirishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari respublikada sun’iy urug‘lantiish texnologiyalarini kiritish haqidagi qonun loyihasini taklif qilishdi.

Sun’iy urug‘lantirish haqidagi qonun loyihasi, O‘zbekistonda ilk bor muhokama qilinmoqda va u ayrim tabiiy yo‘l bilan farzand tug‘ilishida muammoga duch kelayotgan oilalarning farzandli bo‘lishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Deputatlar taklif qilayotgan yangi qonun loyihasida, O‘zbekistonda zamonaviy reproduktiv texnologiyalarni qo‘llashni nazarda tutgan. Xususan, ekstrakooporal urug‘lantirish (EKO) hamda tuxumhujayralar orasidan sog‘lomini tanlab olish kabi yordamchi texnologiyalarni qo‘llashni nazarda tutilgan.

Ushbu qonun loyihasi bir necha siyosiy partiya a’zolari tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda. Muhokamalar natijasida unga ayrim qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilgan. Shuningdek, undan ba’zi surrogat onalik, embrion donorligi va turli ma’noda talqin qilinishi mumkin bo‘lgan ayrim bo‘limlar ham olib tashlangan.

Ayni damda qonun loyihasa muhokama qilib qo‘shimcha taklif va mulohazalar bilan boyitilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekistonda sun’iy urug‘lantirishga ruxsat berilishi mumkin