16:53 / 12.03.2019
7 339

Aholini dori vositalari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar qabul qilindi

Aholini dori vositalari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar qabul qilindi
Ular Vazirlar Mahkamasining 1.03.2019 yildagi 185-son qarorida nazarda tutilgan, u shu jumladan davlat tibbiyot tashkilotlariga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini uzluksiz yetkazib berishga yoʻnaltirilgan.

Normaʻning yozishicha, hujjatda Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan 300 mlrd soʻm miqdoridagi foizsiz byudjet ssudasini qaytarish mexanizmi belgilangan. Uning 15 mlrd soʻmlik qismi qoplangan. Qolgan qismini 2019 yil 1 iyulgacha qoplash zarur, summaning bir qismi (26,5 mlrd) “Oʻzmedimpeks” DUK tomonidan 1 aprelgacha qoplanadi.

Sogʻliqni saqlash vazirligining hududiy boshqaruv organlariga dori vositalari sotilishi hamda foizsiz ssudaning qolgan qismi qoplanishi tasdiqlangan sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarining yillik ehtiyojidan ortiqcha zaxirasi yaratilishi hamda buning natijasida boshqa turdagi zarur dori vositalarini xarid qilishga mablagʻlarning yetishmovchiligi yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha javobgarlik Sogʻliqni saqlash vazirligiga yuklanadi.

Viloyat hokimliklariga tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga dori vositalarini xarid qilish uchun zarur mablagʻlar ajratish vazifasi topshirildi. Mablagʻlar 2019 yil Davlat byudjeti parametrlari doirasida beriladi.

Endokrinologik kasalliklarga chalingan hamda buyrak va jigar transplantatsiyasi jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan bemorlarni dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida davlat tibbiyot tashkilotlarining xarajatlar smetasida mazkur tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni Sogʻliqni saqlash vazirligining xarajatlar smetasida jamlash orqali markazlashtirilgan holda xarid qilishga ruxsat berildi.

Hujjat 2.03.2019 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Aholini dori vositalari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlar qabul qilindi