17:47 / 23.10.2019
5 655

Aql tishini nima uchun oldirish kerak?

Aql tishini nima uchun oldirish kerak?
Foto: «Dentarus.com»
Aql tishi — «sakkizlik» qatoridagi sakkizinchi tish. Bizda ular 4 ta bo‘lib, 18 — 25 yoshlarda milklarni yorib chiqadi. Ba’zida umuman paydo bo‘lmasligi yoki yarmi chiqishi ham mumkin. Aql tishini nima uchun oldirish kerak degan savolga «Rambler» javob berdi.

Qariyb 80 foiz holatda aql tishlari yorib chiqqanda yiringli-yallig‘lanuvchi asoratga sabab bo‘ladi: bu inson hayoti uchun xavfli. Yorib chiqayotgan tish ustida shilliq qavatlardan iborat o‘ziga xos «kapyushon» paydo bo‘ladi: u yerda tish karashi va ovqat qoldiqlari to‘planib qoladi. Oqibatda eng xavfli yallig‘lanishlardan biri — perikoronit kelib chiqadi. Milkingizni kestirishingiz (kapyushonning shilliq qavatini kesib olish tashlashingiz) mumkin, biroq u tezda tiklanadi va davolash qiyinlashadi.

Aql tishi yorib chiqqach, noxush hislar paydo bo‘lgan zahoti stomatologga murojaat qiling: u rentgen qilib, tishni oldirishga zarurat bor-yo‘qligiga aniqlik kiritadi.

Agar «sakkizlik» noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, qo‘shni tishlarga zarar yetkazadi: ularni markazga siljitadi. Buning oqibatida esa tishlam buzilib, tish qatori deformatsiyaga uchraydi.

Ko‘pincha aql tishlari qatordagi anomal anatomik holatga ega bo‘lib, tomoq, tish va lunjga tomon noto‘g‘ri o‘sa boshlaydi. Natijada og‘iz bo‘shlig‘i zararlanadi. Muntazam shikastlanishlardan paydo bo‘lgan yaralar tuzalishga ulgurmaydi va buning oqibatida surunkali shilliq qavat jarohatlari kelib chiqadi.

Hatto aql tishlari tekislanishi ham ularni oldirmaslik kerakligini anglatmaydi. Sakkizlik joylashuvi ularni yaxshilab tozalashga yo‘l qo‘ymaydi: ular chaynash jarayonida qatnashmaydi va ovqat qoldiqlari ularning atrofida yig‘iladi. Oqibatda bu kariyesni keltirib chiqaradi. Agar aql tishini oldirmaslikka qaror qilgan bo‘lsangiz, muntazam stomatologga ko‘rinib, u yerda kariyes bor-yo‘qligini tekshirib turing. Dard boshqa tishlarga ham tarqalishi mumkin.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Aql tishini nima uchun oldirish kerak?