Zimbabvening eng katta shifoxonasidagi avtoulov turargohida achinarli holat yuz berdi.
Shaharda barcha shifokorlar ish tashlayotgan bir paytida Parirenyatva kasalxonasidagi o‘likxonadan jasadlar olib ketilgan.
O‘z ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan ikki ayolning aytishicha, ularning yaqin qarindoshi o‘tgan kuni buyrak yetishmovchiligidan vafot etgan.
O‘sha yerdagilarning fikricha, shifokorlar umuman bemorlarga qarashmagan, hattoki kasali og‘ir bemorlar ham joylarida halok bo‘laverishgan.
Sentyabr oyining boshida, shifokorlar ish tashlashni boshlagandan beri, davlat kasalxonalarida halok bo‘lganlarning son-sanog‘i yo‘q edi.
Namoyishchilarning asosiy talabi oylik maoshini ko‘tarish edi. Aksariyat shifokorlar uylariga oyiga 100 dollardan (77 funt) kamroq pul olib kelishadi, bu maosh oilani ta’minlash va tirikchilik qilish uchun yetarli emas.
O‘shandan beri 448 vrach ish tashlashlari va mehnatga oid sud qarorini buzganliklari uchun ishdan bo‘shatilgan. Yana 150ta shaxs intizomiy sud muhokamalarida.
Empty & Ghostly, this is Parirenyatwa Hospital this evening!
— Hopewell Chin’ono (@daddyhope) November 17, 2019
Only tired army doctors who are providing an auxiliary service.
Ward after ward, it was empty!
Not only doctors are off work, even the hard working nurses have left their stations due to wage incapacitation!
TRAGIC! pic.twitter.com/9R6y0gHLeg
O‘n kun oldin jurnalist Parirenyatva shifoxonasining tashlandiq xonalarini ko‘rsatib, vaziyatni “dahshatli” deya ta’riflagan.
Tahlilchi Stembile Mpofu bu holatni endi ish emas, balki siyosiy masala, deb izohlagan.
Agarda bu holat shunaqa davom etadigan bo‘lsa xalqning kasallik tufayli qirilib ketish ehtimoli yo‘q emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”