Foto: Fotolia
Moskva viloyatidagi Nazariy va tajribaviy biofizika instituti olimlari dengiz o‘tlari, losos va forel baliq turlaridan olinuvchi astaksantin moddasi infarkt xavfini kamaytirishini aniqlashdi.
Institut mutaxassislari astaksantin moddasining avval noma’lum bo‘lgan xususiyatini ochishdi. Bu modda odatda oziqaviy qo‘shimcha sifatida qo‘llanib, immun tizimini mustahkamlashda yordam beradi.
Institut ilmiy kotibi Tatyana Perevyazovaning aytishicha, astaksantin moddasi yurakka kimyoviy tajovuzkor molekulalarning ta’sirini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Bu esa yurak kasalligi rivojlanishi oldini oladi va infarktni boshdan kechirgan odamlarning sog‘ayishida yordam beradi. Bu haqda “Podmoskove segodnya” nashri yozdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, astaksantinning kalamushlarda sinalishi ijobiy natija bergan va kelgusida ushbu modda negizida dori vositalari ishlab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”