4 323
Bosh prokuror: 277 mingta holatda gips qilish uchun qurilish gipsidan foydalanilgan
Foto: Dreamstime
Bosh prokuraturada sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida korrupsiya holatlari hamda ularni keltirib chiqarayotgan shart-sharoitlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublika bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev ma’ruza qildi.
«E’tiboringizni, yana bir masala – tibbiyot gipsidan foydalanish ahvoliga qaratmoqchiman. Ma’lumki, inson suyaklarining sinishini davolashda tibbiyot gipsidan foydalaniladi.
O‘rganishlar, tibbiyot muassasalarida qonun talablari buzilib, so‘nggi ikki yilda 277 mingta holatda gips qilish uchun tibbiyot gipsi o‘rniga 351 tonna qurilish gipsidan foydalanilganligini ko‘rsatdi. Xususan, Farg‘onada 30, Buxoroda 33, Toshkent viloyatida 35, Namanganda 36, Qashqadaryoda 38, Samarqandda 43 va Toshkent shahrida 48 tonna qurilish gipsidan foydalanilgan.
Qurilish gipsini qo‘llash, o‘z vaqtida, bemorlarda jarohat olgan suyakning siljishi, gips qo‘yilgan soha terisining shilinishi, teri allergiyasi kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Shunday bo‘lsa-da, respublikada tibbiy gips ishlab chiqaruvchi bironta korxona tashkil etilmagan, vazirlik esa, bunday tashabbus bilan chiqmagan», - dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”