19:16 / 13.01.2022
1 218

Organizm qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar

Organizm qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar
Foto: «Korrespondent.net»
Amerikalik diyetologlar to‘g‘ri ovqatlanish bilan qarishni qanday sekinlashtirish mumkinligini ma’lum qildi. Mutaxassislar tavsiyasi Eat This, Not That nashrida chop etildi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar muqarrar bo‘lsa-da, jarayonni sekinlashtirishga yordam beradigan ma’lum ovqatlanish va turmush tarzi odatlari mavjud.

Shunday qilib, diyetolog Ronald Smit shakarni iste’mol qilishni cheklashni maslahat beradi. «Umringiz uzoq va sog‘lom bo‘lishini istasangiz, iloji boricha pechene yoki shirinlik kabi zararli yeguliklardan saqlanishga harakat qiling», — deydi u.

Shuningdek, baliqni ratsionga kiritish sog‘liqqa foydalidir. «Baliq omega-3 kislotalarga boy, ular organizmni kasalliklardan himoya qiladi va yurak muammolari, ruhiy tushkunlik va hatto saraton kasalligiga qarshi kurashishga yordam beradi», — deydi shifokor.

Ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Liza Yang ratsionga ko‘plab meva va sabzavotlarni, xususan, rezavorlar, sitrus mevalari, ko‘katlar, sabzi va bulg‘or qalampirini kiritishni tavsiya qiladi. «Ular qarishning salbiy ta’siriga qarshi turadigan antioksidant va kletchatkaga boy», — deydi u.

Shuningdek, u go‘shtni o‘simlikka asoslangan oqsil manbalari bilan almashtirishni maslahat beradi. «Ko‘proq o‘simlik mahsulotlarini qo‘shish xolesterin darajasini pasaytirish, qonda shakar darajasini barqarorlashtirish va tanadagi yallig‘lanishni kamaytirish orqali qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin», — deydi Yang.

Qarish bilan bog‘liq eng katta muammolardan biri suvsizlanishdir.

«Yoshimiz o‘tgan sari suyuqlikni saqlab qoladigan tizimlarning ko‘pchiligi buyraklar kabi yomonlasha boshlaydi va ba’zi yoshga bog‘liq buyurilgan dorilar suvsizlanishning ortishiga olib kelishi mumkin», — deydi diyetolog Trista Best.

U yetarli miqdorda suv ichish muhimligini, shuningdek, o‘z ichiga ko‘p miqdorda suyuqlik olgan — bodring, qovoq, pomidor, qulupnay va tarvuz mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish kerakligini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizm qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar