10:05 / 30.01.2022
1 216

Ichaklar faoliyatini yaxshilaydigan ziravor nomi ma’lum bo‘ldi

Ichaklar faoliyatini yaxshilaydigan ziravor nomi ma’lum bo‘ldi
Nutritsiolog Yekaterina Muravskaya zarcho‘va (kurkuma) ziravorini muntazam iste’mol qilish jigar va oshqozon-ichak trakti faoliyatini me’yorlashtirishi haqida ta’kidladi. Bu haqida mutaxassis RIA Novostiga so‘zlab berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kurkuma ziravori - bebaho antiseptik va antibakterial vosita. “Shu bilan birga ushbu mahsulot saraton kasalligini oldini olish xususiyatiga ham ega. Qadimdan Osiyo mamlakatlarida ushbu mahsulot turli jigar kasalliklarida eng yaxshi vosita sifatida tavsiya qilingan”, - deydi mutaxassis.

Kurkuma o‘t pufagi hamda hazm qilish faoliyatini yaxshilaydi. “Bundan tashqari ushbu ziravor miya faoliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq undan allergiya hamda qandli diabetga qarshi dori vositalarini iste’mol qilayotgan insonlar foydalanishi mumkin emas”,- deydi nutritsiolog.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ichaklar faoliyatini yaxshilaydigan ziravor nomi ma’lum bo‘ldi