11:00 / 02.02.2022
1 340

Ko‘k choyning qanday foydali xususiyatlari bor?

Ko‘k choyning qanday foydali xususiyatlari bor?
Foto: Pinterest
Ushbu tetiklantiruvchi ichimlik bir necha asrlar oldin qadimgi Xitoyda paydo bo‘lgan. Oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, choy hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan: u tibbiy va kosmetik maqsadlarda ishlatiladi, ba’zi mamlakatlarda taomlarga ham qo‘shiladi va, albatta, o‘zining yoqimli ifori va ta’mi tufayli butun dunyo bo‘ylab odamlarning sevimli ichimligiga aylangan. Ko‘k choyning bu qadar keng tarqalishiga sabab nima? Harper’s Bazaar nashri bu savolga shifobaxsh eleksirning foydali xususiyatlarini taqdim etish orqali javob beradi.

Aql uchun
Ko‘k choy kofeinning ajoyib manbai bo‘lib, u yurak-qon tomir tizimiga yengil ta’sir ko‘rsatadi va natijada taxikardiya yoki oyoq-qo‘llarning titrashiga olib kelmaydi. Shuningdek, u dam olish, baxt va xavotirni kamaytirish uchun mas’ul bo‘lgan L-teanin aminokislotalariga boy. Eng muhimi, u Alsgeymer va Parkinson kasalliklarining oldini oladi.

Organizm uchun
Birinchidan, ko‘k ichimlik metabolizm, yog‘ eritish va energiya ishlab chiqarishni tezlashtiradi. Ikkinchidan, fermentlangan choy tarkibidagi polifenollarning yuqori miqdori yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, qarishni sekinlashtiradi, immunitetni mustahkamlaydi, shuningdek, saraton kasalligining oldini oladi.

Go‘zallik uchun
Kuniga 1-2 stakan ko‘k choy tanadagi suv almashinuvini tezlashtiradi, bu teriga ijobiy ta’sir qiladi: u namlanadi, silliqlashadi va toshmalar yo‘qoladi. Ichimlik tarkibidagi B va E vitaminlari kollagen ishlab chiqarishni tezlashtiradi, ajinlarni kamaytiradi, shuningdek, qarish belgilarini sekinlashtiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘k choyning qanday foydali xususiyatlari bor?