Shunday insonlar borki, ularga ob-havo qanday tomonga o‘zgarmasin tezda ta’sir qiladi. Ob havo o‘zgarishlarida qanday qilib quvvatni saqlab qolish mumkin? Ushbu jarayon salomatlik uchun qanchalik zararli?
Ob-havo o‘zgarishi va bundan insonda kayfiyat yomonlashishining yomon tomoni yo‘q. Bu haqda terapevt shifokor Filipp Kuzmenko Sputnik radiosiga ma’lum qildi.
“Bundan tashvishlanish kerak emas. Chunki bunday jarayonlar salomatlik uchun zararli emas. Kundan kunga insonning o‘zini qanday his qilishi o‘zgarib boradi. Aytaylik, bugun uyg‘onganingizda kayfiyatingiz yaxshi emas edi. Bu kasal degani emas”, - deydi shifokor.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, dori-darmon orqali meteoqaramlikni davolash mumkin emas. Ammo bunday yoqimsiz holatdan himoya qiladigan vosita bor, ya’ni sog‘lom turmush tarzi.
“Yomon ob-havoda salomatlik o‘zgarishi tashxis emas. Bunday jarayonlarni boshdan kechirayotgan insonlarga faqat sog‘lom turmush tarzini tavsiya qilish kerak. Badantarbiya bilan shug‘ullanish, bir vaqtda uxlash va uyg‘onish, to‘g‘ri ovqatlanish – bularning barchasi foydali bo‘ladi. Aynan shu oddiy qoidalar salomatlikka ijobiy ta’sir qilib, kayfiyat va salomatlikning ob-havodan qaramligini bartaraf etishi mumkin”, - deya ta’kidladi shifokor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi